O‘zbekistonda koronavirus: 10-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRabota GKB № 15 im O. M. Filatova
Rabota GKB № 15 im O. M. Filatova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 459 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 068 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Puteshestvennik v zashitnoy maske na vokzale Uxanya - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 siri: olimlarni tuzalgan odamlarda antitanachalar yo‘qligi hayratga soldi

Bir sutka davomida 459 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 068 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida, 106 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 517 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 22 559 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 311 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 378 nafari og‘ir, 386 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) va 80 yoshli X.A. (erkak), Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. (erkak) hamda vafot etdi.

Yevgeniy Timakov, Vrach-pediatr, infeksionist i vaksinolog, glavniy vrach medsentra «Lider-Meditsina” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning COVID-19'ga qarshi vaksinasini birinchi bo‘lib kim oladi?

O‘zbekistonda jami 198 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Muhim yordam

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining shtab-kvartirasi, COVID-19ga Butunjahon birdamligi va harakati jamg‘armasi orqali, O‘zbekistonga umumiy qiymati 300 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan yana bir insonparvarlik yordamini yubordi. Bu safar Istambuldan kelgan reysda 500 dona kislorod konsentratori olib kelindi. Bundan tashqari, hafta oxiriga laboratoriyada ishlatiladigan materiallaridan iborat yana bir gumanitar yordam yuki yetkaziladi.

Qirg‘izistonga parvoz

O‘zbekiston va Quvayt aviakompaniyalari Qirg‘izistonga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklashni taklif qildi. Transport va yo‘l vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori Kurmanbek Akishev ma’lum qilishicha, Quvayt va O‘zbekistonning bittadan kompaniyasi muntazam reyslarni qayta tiklash taklifi bilan murojaat qildi. Takliflar Koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,9 milliondan oshdi, 731 ming kishi vafot etdi, 12,8 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (5,0 mln), Braziliyada (3,0 mln), Hindistonda (2,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0