Jamiyat

Oʻzbekistonga 300 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborildi - BSST

© Press-slujba predstavitelstva VOZVOZ: v Uzbekistan otpravlen ocherednoy gumanitarnыy gruz
VOZ: v Uzbekistan otpravlen ocherednoy gumanitarnыy gruz  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Taʼkidlanishicha, hafta oxiriga laboratoriyada ishlashtiladigan materiallaridan iborat yana bir insonparvarlik yordami yetkaziladi.

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Butunjahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining shtab-kvartirasi, COVID-19ga Butunjahon birdamligi va harakati jamgʻarmasi orqali, Oʻzbekistonga umumiy qiymati 300 ming AQSH dollariga teng boʻlgan yana bir insonparvarlik yordamini yubordi. Sputnik Oʻzbekistonga bu haqda tashkilotning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Uzbekistan napravil Pakistanu gumanitarnuyu pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami joʻnatdi

Bu safar Istambuldan kelgan reysda 500 dona kislorod kontsentratori olib kelindi. Bundan tashqari, hafta oxiriga laboratoriyada ishlatiladigan materiallaridan iborat yana bir gumanitar yordam yuki yetkaziladi.

BSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppensning taʼkidlashicha, ularning tashkiloti BMTning hamkor tashkilotlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi Xizmati bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyida respublikaga umumiy qiymati 4 million dollardan ortiq boʻlgan 3 ta yuk yetkazildi.

Birinchi partiya 8 iyul kuni yetib keldi va 619000 dan ortiq yuz himoyasi ekranlari va 2,1 milliondan ortiq jarrohlik niqoblarini oʻz ichiga oldi. Ikkinchi yuk 17 iyul kuni yetkazib berildi, u tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalaridan iborat edi: 95,2 ming koʻzoynak, 178 mingta xalat, 12 mingta tibbiy niqob va 1 milliondan oshiq KN95 respiratorlari. Bundan tashqari, 24 iyul kuni Toshkentga 38,4 mingta test toʻplamlari yetkazildi.

Yangiliklar lentasi
0