Putin Lukashenkoni saylovda erishgan g‘alabasi bilan qutladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Sochi
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni Belarusda prezident saylovlari o‘tkazildi. Saylovda 5 million 790 ming kishi ishtirok etdi.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni respublika prezidenti lavozimiga qayta saylanganligi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenkoni birinchi bo‘lib Xitoy yetakchisi tabrikladi

Yakshanba kuni Belarusda prezident saylovlari o‘tkazildi. Saylovda 5 million 790 ming kishi (84,23%) ishtirok etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenkoga 4 million 652 ming kishi ovoz berdi yoki saylovchilarning 80,23 foizi.

Putin unga tabrik telegrammasini jo‘natdi.

“Umid qilamanki, Sizning davlat faoliyatingiz Rossiya-Belarus o‘zaro manfaatli munosabatlarining barcha yo‘nalishlarda rivojlanishiga, Ittifoqchilik davlati doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH yo‘nalishi bo‘yicha integratsiya jarayonlarini kuchaytirishga, shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi harbiy-siyosiy aloqalarga yordam beradi. Bu, shubhasiz, qardosh Rossiya va Belarus xalqlarining asosiy manfaatlariga javob beradi”, - deyilgan tabrikda.

Svetlana Tixanovskaya (574 ming kishi yoki 9,9 %), Anna Kanopaskaya (97,9 ming, 1,68 %), Andrey Dmitriyev (60,5 ming kishi, 1,04 %), Sergey Cherechen (65 ming kishi 1,13 %) ovoz olgan.

Yangiliklar lentasi
0