Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni ishonchli gʻalabasi bilan qutladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston yetakchisi Aleksandr Lukashenkoga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi zafarlar, doʻst Belarus xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovida erishgan ishonchli gʻalabasi bilan qutladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Sochi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Lukashenkoni saylovda erishgan gʻalabasi bilan qutladi

“Davlatimiz rahbari oʻz maktubida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukashenkoga boʻlgan ulkan ishonchini va birdamligini, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilishini toʻliq qoʻllab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi”, - deyilgan xabarda.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya boʻyicha muhim loyihalar va gumanitar almashinuvga oid dasturlar bilan boyitishiga ishonch bildirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi Aleksandr Lukashenkoga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi zafarlar, doʻst Belarus xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Yangiliklar lentasi
0