Tramp AQSh va butun dunyo manfaati uchun Germaniyadan qo‘shin olib chiqmoqda

© AP Photo / Andrew HarnikPrezident SShA Donald Tramp na voyennoy aviabaze Ramshtayn, Germaniya
Prezident SShA Donald Tramp na voyennoy aviabaze Ramshtayn, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Mudofaa vaziri Mark Esperning aytishicha, Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish Rossiyani ushlab turishni o‘z ichiga olgan strategiyaga zid emas.

AQSh Mudofaa vaziri Mark Esperning aytishicha, Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqilishi Rossiyani tiyib turish strategiyasiga kiradi.

NATO va Yevropa ittifoqining sevimli loyihasi qanday barbod bo‘lmoqda - Rail Baltica - Sputnik O‘zbekiston
NATO va Yevropa ittifoqining sevimli Rail Baltica loyihasi qanday barbod bo‘lmoqda

Vazirning bu vaziyatdagi holati oddiy gubernator holatidan yomonroq, chunki uning tasarrufida e’lon qilinayotgan pozitsiyani qo‘llab-quvvatlash uchun faqat bitta argument mavjud. Rasmiy ravishda qaraladigan bo‘lsa, AQSh amalda "qo‘shinlarni sharqqa, Rossiya chegaralariga yaqinroq joyga ko‘chiradi". Muammo shundaki, yaqinroqdan o‘rganilsa, ushbu tezis yuz berayotgan voqealarning amerikaliklar uchun noqulay bo‘lgan aksini fosh qilib, changga aylanadi.

Germaniyani deyarli 12 ming askar tark etadi. Ammo ularning aksariyati - 6,4 ming kishi AQShga, uylariga qaytadi. Qolganlari boshqa Yevropa mamlakatlariga, shu jumladan Italiya va Belgiyaga qayta taqsimlanadi. Moskva yoniga – Polshaga esa - faqat bir ming askar yuboriladi.

Esperning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlashga uncha yetarli bo‘lmagan matematika. Bundan ortiq bo‘lmasligi tayin, chunki GFRdagi Amerika kontingenti atrofidagi mash-mashalar, NATO va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan ancha yiroq.

 

2018 yil iyun oyida Washington Post  gazetasi Pentagon tomonidan o‘tkazilgan Yevropada qo‘shinlarnining keng ko‘lamli qayta joylashtirish narxlari va ta’siri tahlili haqida aytib bergan edi. Gazetaning ta’kidlashicha, Tramp o‘sha yilning boshidayoq ushbu g‘oyaga qiziqish bildirgan. Ammo bunga AQSh prezidentining hoxishi faqatgina mudofaa uchun katta pul to‘lashni istamagan NATO bo‘yicha ittifoqchilarining noroziligi bilan bog‘liq edi. Birinchidan, bu yerda gap avvalo Berlinga tegishli, u ko‘p yillar davomida Shimoliy Atlantika alyansi nizomida talab qilinganidek harbiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning ikki foizigacha oshirishdan qochayotgandi.

Mejdunarodnie voyenno-morskie ucheniya Frukus-2012 - Sputnik O‘zbekiston
"Hammasi jiddiy": nima uchun NATO Rossiya chegara yaqinidagi suvlarda mashq o‘tkazmoqda

Bir yil oldin, ushbu mavzu jamoat e’tiborida yana paydo bo‘ldi. Unda AQShning Germaniyadagi elchisi Richard Grenell o‘z mamlakatining harbiy kontingentining bir qismini Germaniyadan Polshaga olib chiqishga tayyorligini ochiqdan-ochiq bildirgan, chunki "nemislar o‘z savdo balansining profitsitini ichki maqsadlariga sarflayotgan bir paytda, Amerika soliq to‘lovchilari Germaniyadagi 50 mingdan ortiq amerikaliklar uchun to‘lashda davom etishini kutish haqoratlidir".

Bu bayonot Polshada eng jo‘shqin va va bag‘oyat hursand munosabat bilan kutib olinishiga sabab bo‘ldi. Butun o‘tgan yil davomida Polsha siyosatchilari va OAVlari aynan  ularning mamlakati GFR o‘rniga Amerika harbiy kuchlarining Yevropadagi asosiy markaziga aylanishini juda orzu qilib keldilar. Gap yadro qurollarini ham ko‘chirish istiqbollarini muhokama qilishgacha bordi ham. Ammo ta’kidlash joizki, bu gaplar o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmadi, balki voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ygan AQSh amaldorlari tomonidan qo‘zg‘atildi.

Umuman olganda, agar dalillarni siyosiy bayonotlar, rejalar va taxminlardan tozalasak, unda ro‘y berayotganlarning mohiyati juda oddiyligini kuzatsa bo‘ladi.

Shaxteri na ugolnoy shaxte Xarvi v Sikamore, shtat Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Amerika energetikasining "qora o‘limi" Trampni batamom yakson qilishi mumkin

AQSh ko‘p yillar davomida dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri bo‘lgan Germaniyani harbiy xarajatlarini keskin oshirishga majbur qilishga urinib kelgan, chunki agar bu muvaffaqiyatli amalga oshganida, mablag‘larning katta qismi okean ortiga oqib kelgan bo‘lardi. Amerikaliklar tahdidlar, bosim va shantaj usullarigacha borishgan. Biroq, ularning barcha sa’y-harakatlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi: Vashington nemis hukumatini o‘z pozitsiyalaridan siljita olmadi.

Ko‘rinishidan, Donald Tramp ro‘y berayotgan voqealardan nihoyatda charchagan, AQSh bu vaziyatda mutlaqo yutqazganiga o‘xshamasligi uchun endi mamlakat mudofaa vaziri va boshqa amaldorlar davlat rahbarining Germaniyadagi harbiy kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasini amalga oshirmoqdalar.

Ammo aslida bu ro‘y berdi ham. Ular boy berdi.

Ular nemislardan o‘zlari xohlayotganiga majburlay olmadilar. O‘z iqtisodiyotiga qo‘shimcha sarmoyalar kiritolmadilar. Yevropadagi harbiy kontingent qisqartiriladi va bularning barchasi Rossiyaning tobora kuchayib borayotgan ta’siri va kuchi fonida. Germaniyani qo‘shinlarning olib chiqib ketilishi ko‘rinishidagi jazolash ko‘rinishidan juda sust: GFR haqiqatan ham harbiy tuzilmaga xizmat qiladigan ish joylarini va ma’lum vositalardan mahrum bo‘ladi, ammo bu yo‘qotishlarni, mamlakat Vashington talablariga rozi bo‘lgan taqdirda vujudga keladigan yo‘qotishlar bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Pentagon rahbari Germaniyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqilishini e’lon qildi - Sputnik O‘zbekiston
Tramp qay tarzda Merkelning adabini berdi

Umuman olganda, Polshadagi qo‘shimcha mingta harbiy AQShga o‘z yuzni saqlab qolishga va Rossiyani ushlab turish yo‘lini davom ettirishini jar solib turishga imkon beradigan yagona narsadir.

Ammo, bu voqeadagi eng qizig‘i, Tramp aynan nima sababdan Germaniyadan kontingentni olib chiqishga qaror qilganida. Axir unga vaziyatni yana ham cho‘zib o‘tirishga hech narsa to‘sqinlik qilmagan va salbiy oqibatlari ham kamroq bo‘lardi.

Bu yerda, muammo yechimini Amerika prezidentning shaxsiyati va u milliy yetakchi sifatida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarda izlash kerak.

Ajabtovurligiga qaramay, Donald Tramp aslida AQShda to‘planib qolgan tizimli muammolarni, shu jumladan radikal choralar bilan hal qilishni rejalashtirgan. Qolaversa, AQSh o‘z iqtisodiy manfaatlari davlat obro‘si bilan ochiqchasiga ziddiyatlarga to‘g‘ri kelib qolgan tuzoqqa tushib qoldi.

Aslida, prezidentning noroziligi bejiz emas: Amerika nafaqat Yevropaning mudofaa funksiyalarini o‘z zimmasiga oldi, balki u asosan o‘zi bu uchun pul to‘laydi, chunki Eski Dunyoning eng katta va eng boy iqtisodiyotlari uning bo‘yniga qulaygina o‘rnashib olgan.

Shubhasiz, bu yerda ularning hech biri, shu jumladan Germaniya, Rossiyadan o‘zlariga nisbatan harbiy tahdidi haqiqatiga aniq ishonmasligi bu yerda katta rol o‘ynaydi. Agar amerikaliklar Moskva bilan harbiy va siyosiy o‘yin o‘ynashlarni davom ettirishni istasalar, Yevropa o‘zining NATO bo‘yicha katta hamkoriga qo‘maklashib turishga tayyor, ammo o‘z ambitsiyalari uchun Vashington o‘zi to‘lashi kerak.

Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya TIV AQShning "Shimoliy oqim-2"ga qarshi tahdidlariga javob berdi

AQShning global superderjava sifatida maqomi aksariyat Amerika elitalarining juda muhim mavqega ega, buning uchun ular har qancha mablag‘ tiqishga tayyor. Shu jumladan, oldindan muvaffaqiyatsiz hisoblangan loyihalarga ham.

Ammo Donald Tramp bunday pozitsiyadan yiroqroq. U bir necha bor va ochiqchasiga dunyo yetakchisiligi AQSh va uning iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirishi kerakligini taqidlagan. Agar bu ish bermasa, unda superderjava maqomi befoyda va qimmatga tushadigan bema’nilikdir, uni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadigan mablag‘larni esa yanada muhimroq sohalarga yo‘naltirilishi kerak.

Germaniyadan kontingentning bir qismini olib chiqish qarori, Trampning so‘zlari prinsipial masalalar bo‘yicha asli harakatlarga zid emasligiga yana bir misoldir.

Berlinni o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasligini anglagan, u o‘zini ishbilarmon kabi tutdi va xarajatlarni kamaytirish jarayonini boshladi. Harbiylarni ko‘chirish AQShga ancha qimmatga tushadi, ammo bu har holda bu ularni Germaniyada ushlab turishdan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi. Shuning uchun Donald Trampning qarori iqtisodiy nuqtayi nazardan samarali va AQShning milliy manfaatlariga javob beradi deb ishonch bilan aytishimiz mumkin.

Ayni paytda, bu qaror, shubhasiz, AQShning zaifligini, zimmasiga olingan moliyaviy majburiyatlari butun yukini ko‘tarishga qodir emasligini namoyish etish orqali o‘zining dunyo bo‘ylab gegemoniyasi yo‘q qilishni davom ettirmoqda. Bu esa butun dunyo manfaatlariga javob beradi.

Yangiliklar lentasi
0