Hodisalar

“Oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda berdi”: Andijon tibbiyot instituti kafedra dotsenti ushlandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka oʻtishKonvert s dollarovыmi kupyurami
Konvert s dollarovыmi kupyurami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 000 dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 000 AQSH dollari olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.

Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qoraqalpogʻistonda dekan oʻrinbosari pora olayotgan vaqtda qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti G.Q. dastlab fuqaro SH.B.ni mazkur institutga oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda berib, 8000 AQSH dollari talab qiladi, biroq hozirda institutga hujjatlarni topshirish muddati oʻtganligini maʼlum qilib, Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan kafedra dotsenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0