TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Oʻzbekiston va Quvayt aviakompaniyalari Qirgʻizistonga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklashni taklif qildi. Bu haqda mamlakat Transport va yoʻl vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori Kurmanbek Akishev maʼlum qildi.
“Bizga Quvayt va Oʻzbekistonning bittadan kompaniyasi muntazam reyslarni qayta tiklash taklifi bilan murojaat qildi. Takliflar Koronavirusga qarshi kurash respublika shtabi tomonidan koʻrib chiqilmoqda”, - dedi Akishev. Uning soʻzlaridan Sputnik Qirgʻiziston nashri iqtibos keltirgan.
Qirgʻiziston parvozlarni qayta tiklash borasida toʻrt mamlakat bilan muzokaralar olib borgan. Natijada Turkiya bilan haftasiga yettita, BAA bilan esa ikkita reyslarni (15 avgustdan) amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishgan.
Hozir mamlakat Rossiya va Qozogʻiston aviakompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli bahorda ikki mamlakat oʻrtasidagi muntazam parvozlar vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan edi