O‘zbekiston hukumati va o‘zbek diasporasi tashkilotlari muloqoti: nimalarga kelishildi

© Press-slujba Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli RUzPremyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov
Premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu kabi shaklda muloqot Rossiyada ilk bor o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad - mavjud masala va muammolarni ochiq muhokama qilish, konstruktiv fikr almashish va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumatining a’zolari, vazirlik, idora va xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari hamda 70 dan ortiq o‘zbek diasporasi tashkilotlari (yurtdoshlar uyushmalari) rahbarlari va vakillari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bu kabi shaklda muloqot Rossiyada ilk bor o‘tkazilmoqda. Asosiy maqsad - mavjud masala va muammolarni ochiq muhokama qilish, konstruktiv fikr almashish va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish.

Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Markazda migrantlar taqdiri: RFdagi o‘zbekistonliklar masalasida Parlament so‘rovi yuboriladi

Anjumanda pandemiyaning bugungi holati bilan bog‘liq mavzular, Rossiyadagi o‘zbek diasporasining masala va takliflari muhokama qilindi. Tezkor yechimlarni talab qiladigan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, mas’ul ijrochilar tayinlandi.

O‘zbek diasporasi vakillari Rossiyada yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilash, mamlakatlar o‘rtasida madaniy almashinuvni kuchaytirish va huquqiy himoya tizimini mustahkamlashga qaratilgan aniq g‘oya va takliflarni tilga oldi.

Videokonferensiya ishtirokchilari chet elda yashayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik qilish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat siyosatining qabul qilingan konsepsiyasiga ko‘ra, vatandoshlarni bandlik, ijtimoiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa jihatlardan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini nazarda tutuvchi batafsil dastur ishlab chiqilayotganligini ta’kidladi.

Muloqot yakunida bir qator kelishuvlarga erishildi, jumladan:

  • mehnat migratsiyasi sohasidagi jarayonlarning samaradorligini oshirish, pandemiya sharoitida migrantlarning bandligini va ularning Rossiyada bo‘lishini ta’minlash masalalarining yechimlarni topish;
  • migrant ishchilarning chet elga ketishidan oldin mehnat qilish uchun til va kasb bo‘yicha tayyorlash;
  • xorijdagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash;
  • mehnat migratsiyasiga ketgan fuqarolarni sug‘urta qilish orqali himoyalash mexanizmlarini yaratish;
  • investitsiya va biznes loyihalarida vatandoshlar bilan hamkorlik qilish, ta’lim, fan, madaniyat va ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha tajriba almashish;
  • O‘zbekistonda xorijdan kelgan vatandoshlar tomonidan tadbirkorlik, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyatni amalga oshirilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun o‘zbek madaniyati va tili, san’ati, an’analari va o‘zbek milliy pazandachilik san’atini va sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish dasturini ishlab chiqish.

Kelajakda respublika davlat organlari, diplomatik vakolatxonalari va xorijdagi vatandoshlar uyushmalari o‘rtasida tezkor va to‘siqsiz fikr va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va virtual muloqotning boshqa usullaridan foydalanish ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0