Ashraf G‘ani 400 nafar tolibni ozod qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

© AFP 2023 / WAKIL KOHSARBoyeviki dvijeniya Taliban vo vremya osvobojdeniya
Boyeviki dvijeniya Taliban vo vremya osvobojdeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Kobul og‘ir jinoyatlar uchun mahkum qilingan bir necha yuz jangarilarni ozod qilishdan bosh tortgandi. Bu masalani hal qilish uchun Loya jirg‘a kengashi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon”*ning qolgan 400 a’zosini ozod qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda TOLO News  telekanali prezident saroyidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Shuningdek, G‘ani qamoqdan afg‘on milliy xavfsizlik kuchlari xodimlarini ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekkan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Yakshanba kuni Afg‘onistonning Maslahat Loya jirg‘asi a’zolari 400 nafar mahbus toliblarni ozod qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi va toliblar va mamlakat hukumatini mamlakatdagi nizo va zo‘ravonliklarga barham berish va kelishmovchiliklarni muzokaralar bilan hal qilishga chaqirdi. Bayonotda yana ta’kidlanishicha: Afg‘oniston xalqi va hukumati ozod qilingan jangarilarning faoliyati nazorat qilinishi va ular urushga qaytmasliklariga ishonchlari komil bo‘lishi zarur.

Kabul - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati 4 mingdan ziyod mahbus toliblarni ozod qildi

Ozod qilingan 400 kishi turli vaqtlar davomida og‘ir jinoyat uchun mahkum qilingan: ulardan 156 nafari o‘lim jazosiga mahkum qilingan, 105 nafari qotillikda ayblanmoqda, 34 – qotillikka sabab bo‘lgan odam o‘g‘irlashda, 51 – giyohvand moddasi kontrabandasi, 44 nafari Afg‘oniston va uning ittifoqdoshlarining qora ro‘yxatiga kiritilgan, 6 nafari boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda, yana 4 nafarining jinoyati ko‘rsatilmagan.

Afg‘onlararo muzokaralar boshlanishidan oldin (Dohada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda) Afg‘oniston hukumatiga “Tolibon”* tomonidan topshirilgan ozod qilinishi kerak bo‘lgan kishilar ro‘yxatida jami 5 ming jangarining ismi keltirilgandi. Hozirga qadar 4,6 ming mahbus va ro‘yxatdan tashqari yana 500 kishi ozodlikka chiqarilgan.

2020 yil fevral oyi oxirida Qatarda AQSh va “Tolibon”* radikal harakati 18-yillik urushdan so‘ng tinflik bitimini imzoladi. Bitim chet el qo‘shinlarini 14 oy ichida Afg‘onistondan olib chiqilishi va asirlar bilan almashish yakunlangandan keyin afg‘onlararo muloqot boshlanishini nazarda tutadi.

Iyul oyiga kelib ushbu bitim doirasida amerika harbiylari Afg‘onistondagi beshta bazani tark etdi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo avgust oyi boshida Loya jirg‘adan qamoqdagi toliblarni ozod qilish qilishga va bu bilan afg‘onlararo muzokaralar olib borish yo‘lidagi so‘nggi to‘siqni olib tashlashga chaqirgan edi.

* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0