"Paxtakor-79": o‘zbekistonliklar qalbida mangu yashaydi

© Press-slujba Ministerstva sporta i fizicheskoy kulturiIgroki komandi "Paxtakor-79"
Igroki komandi Paxtakor-79 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan qirq bir yil oldin, 11-avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri atrofida 8,4 ming metr balandlikda ikkita Tu-134 samolyoti to‘qnashib ketdi. Aviahalokat natijasida 175 kishi, shu jumladan "Paxtakor"ning 17 nafar futbolchisi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Bundan 41-yil oldin millionlab o‘zbek futbol ishqibozlari uchun eng katta fojia yuz berdi.

Sport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1979-yil 11-avgust kuni Toshkentning "Paxtakor" jamoasi SSSR Oliy Ligasining navbatdagi turida ishtirok etish uchun Toshkent-Guryev-Donesk-Minsk reysi bilan Minskka uchib ketdi. Ammo terma jamoa a’zolariga navbatdagi musobaqada qatnashish nasib etmadi.

Salkam yarim asr oldin, shu kunda Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri atrofida 8,4 ming metr balandlikda ikkita Tu-134 samolyoti to‘qnashib ketdi. Unda ikkala reysda 175 kishi haloq bo‘lgani ma’lum. Ular qatorida "Paxtakor"ning 17 nafar futbolchisi ham bor edi.

© Press-slujba Ministerstva sporta i fizicheskoy kulturiKomanda futbolistov "Paxtakor-79"
Paxtakor-79: o‘zbekistonliklar qalbida mangu yashaydi - Sputnik O‘zbekiston
Komanda futbolistov "Paxtakor-79"

"Paxtakor-79" futbol jamoasi a’zolari

• Mixail Ivanovich An, 26 yosh, yarim himoyachi

• Vladimir Ivanovich Fedorov, 23 yosh, hujumchi

• Olimjon Masaliyevich Ashirov, 24 yosh, himoyachi

• Ravil Rustamovich Agishev, 20 yosh, himoyachi

• Konstantin Aleksandrovich Bakanov, 24 yosh, yarim himoyachi

• Yuriy Timofeyevich Zagumennix, 32 yosh, himoyachi

• Aleksandr Ivanovich Korchenov, 30 yosh, yarim himoyachi

• Nikolay Borisovich Kulikov, 26 yosh, himoyachi                        

• Vladimir Vasilyevich Makarov, 32 yosh, yarim himoyachi

• Sergey Konstantinovich Pokatilov, 28 yosh, darvozabon

• Viktor Nikolayevich Churkin, 27 yosh, hujumchi

• Sirojiddin Ahmedovich Bazarov, 18 yosh, hujumchi

• Shuxrat Musinovich Ishbutayev, 20 yosh, hujumchi

• Vladimir Valiyevich Sobirov, 21 yosh, hujumchi

• Idgay Borisovich Tazetdinov, 46 yosh, murabbiy

• Vladimir Vasilevich Chumakov, 46 yosh, shifokor

• Mansur Inomjonovich Tolibjonov, 35 yosh, ma’mur

O‘shandan beri SSSRdagi eng muvaffaqiyatli futbol jamoalaridan birining haloq bo‘lgan futbolchilari xotirasiga bag‘ishlab har yili uchrashuvlar va turli musobaqalar o‘tkazilib keladi.

Bu yil koronavirus pandemiyasi va joriy etilgan karantin rejimi tufayli ushbu tadbir o‘tkazilmadi. Ammo o‘z o‘yinlari bilan millionlab muxlislarni xursand qilgan va respublikada futbol rivojiga katta hissa qo‘shgan yosh yigitlarning xotirasi ko‘plab o‘zbekistonliklarning qalbida abadiy qoladi.

2019 yilda Toshkentdagi Botkin qabristonida 40-yil oldin aviahalokat qurboni bo‘lgan O‘zbekistonning "Paxtakor" jamoasi a’zolarini xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, shuningdek, Toshkentning "Paxtakor" jamoasida o‘ynagan taniqli futbolchi Vasilis Xadzipanagis ham ishtirok etdi. U SSSR terma jamoasi tarkibida o‘ynagan, keyin esa Gretsiyaga ko‘chib ketib, o‘z mamlakatidagi eng mashhur futbolchi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0