"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishPerviy polet noveyshego bespilotnika "Oxotnik"
Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Su-57 bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatiga hamda sun’iy intellektga ega bo‘lgan 5-avlod qiruvchilari qotilini tayyorlamoqda.

AQSh harbiy-havo kuchlarining og‘ir dronlari birinchi navbatda, "uchinchi dunyo" mamlakatlarida isonchilarga qarshi kurashishga mo‘ljallangan, Rossiya esa Su-57 bilan birgalikda ishlash qobiliyatiga va sun’iy intellektga ega bo‘lgan 5-avlod qiruvchilari qotilini tayyorlamoqda.

Flag Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning tajovuzkordan o‘ch olish kafolati: suv tubidan uchiriladigan "Skif" raketalari

G‘arblik "sheriklar"ni Rossiyaning yuqori texnologiyali qurol-yarog‘lar sohasidagi yutuqlari shu darajada havotirga solmoqdaki, hatto 7-avgust kuni nufuzli moliyaviy-iqtisodiy jurnal hisoblangan Forbes asosiy mavzudan chekinib, Rossiyaning og‘ir S-70 "Okhotnik" (Hunter) rusumli uchuvchisiz qurilmasini AQShning muqobil dronlari bilan taqqoslashga kirishdi.

AQSh HHKning MQ-9 Reaper "ishchi tulporidan" farqli o‘laroq, Rossiyaning razvedka-zarba droni (havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarisiz) isonchilarga qarshi kurashish uchun emas, balki keng ko‘lamli harbiy mojarolar uchun mo‘ljallangan, deya ta’kidlagan Amerika nashri.

Qurilma 5000 kilometr masofaga razvedka vositalari va 6 tonnadan ortiq bomba yoki "yer-havo" va "havo-havo" raketalarini olib borishi mumkin. Olis masofa va qurollar xilma-xilligi nuqtayi-nazaridan "ovchi" "misli ko‘rilmagan imkoniyatlarga" ega. Tashqi tuzilishi X-47B Northrop Grumman loyihasiga o‘xshash, lekin boshqa yo‘nalishda ketgan.

Ko‘pam ko‘z ilg‘amaydigan zarba beruvchi "Ovchi" dronining ishlab chiqarilishini tezlashtirish rejalari e’lon qilingan, seriyali ishlab chiqarish 2024-yilda boshlanadi.

AQShda o‘xshash loyiha joyidan jilgani yo‘q. Amerikaning og‘ir uchuvchisiz uchish apparati - X-47B ning ilk parvozi 2011-yilda amalga oshirildi (bu vaqtda "Suxoy" korporatsiyasi "Ovchi"ni endi ishlab chiqara boshlagan edi). Pentagon 2020-yilga kelib mashinaning tezkor tayyorligiga erishish  maqsadida harbiy-dengiz kuchlari uchun 2013-yilda istiqbolli uchuvchisiz uchish qurilmalarini moslashtirish dasturi – UCLASSni ishga tushirdi (4ta kompaniya har biri 15 million dollardan oldi).

Podgotovka k transportirovke raketnogo ekranoplana proyekta 903 Lun - Sputnik O‘zbekiston
“Kaspiy mahluqi”ni qayta tiklash kerakmi yoki yo‘q

2015 yildayoq HDK mutaxassislari kema zarba droniga bo‘lgan ehtiyoj (samaradorligi borasida) shubhaga borishgandi. Keyinchalik esa ishlar yanada yomonlashdi. UCLASS dasturi doirasida dron maqomi sekin-asta zarba berishdan razvedkaga va undan so‘ng shunchaki uchar yoqilg‘i quyish apparatigacha pasaydi.

AQSh harbiy-havo kuchlari bugungi kunda "ergashuvchi apparat" (loyal wingman) sifatida boshqa, nisbatan kichik XQ-28 Valkyrie apparatini ehtiyotkorlik bilan sinab ko‘rmoqda, u atigi 450 kilo foydali yuk (bir yoki ikkita bomba yoki raketa)ni ko‘tarishga qodir va "stels" xususiyatlariga ega emas.

Forbes: "AQSh dronlar yo‘nalishida erta start qilgan holda finishga Rossiyaning ortidan kelishi mumkin", deya ta’kidlashga majbur. Yuqori texnologiyali qurol-yarog‘ sohasida bu allaqachon tendensiyaga aylangan.

Jangovar intellekt

Bundan avval Amerikaning The Drive nashri ham Rossiyaning og‘ir uchuvchisiz qurilmasiga qator maqolalarni bag‘ishlagan edi: "Ovchi" ("Oxotnik") qiruvchiga o‘xshaydi va "juda haybatli ko‘rinadi" - uzunligi taxminan 38 fut, qanoti bilan qo‘shib 62 fut" (ya’ni 11 va 19 metr), o‘lchamlari - ichida qurollar joylashtirishga, konstruksiyasi esa "sodiq sherik" sifatida eng yangi boshqariladigan qiruvchi Su-57 bilan birgalikda uqori tezlikda uchishga imkon beradi.

Shu bois unga bo‘lgan qiziqish tabiiydir. Ko‘rinmas-og‘ir razvedka-zarba xususiyatiga ega uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaradigan davlatlar ro‘yxati juda tor. Zarba dronlarini 5-avlod qiruvchi samolyotlari bilan integrallashtirish texnologiyasini esa hali hech kim o‘zlashtirmagan. Ehtimol, Rossiya birinchi bo‘ladi.

"Ovchi" ning aniq xususiyatlari, jangovar vazifasi, jihozlanishi va qurol-yarog‘lari uzoq vaqt maxfiyligicha qoladi. Shunisi ma’lumki, uchuvchisiz qurilma raqib radarlari (stels) uchun qurilma ko‘rinishini kamaytiradigan kompozit materiallardan foydalangan holda "uchuvchi qanot" sxemasi bo‘yicha tayyorlangan.

Boshqaruv moslamasi vektorli reaktiv dvigatel bilan jihozlangan va soatiga 1000 kilometr tezlikda ucha oladi. U 5-6 tonna jangovar yukni ko‘tarishga qodir. Uchish massasi - 20 tonnagacha. Havodan mudofaaga qarshi muhim harakatlar sharoitida ishlashi mumkin. Ikkinchi yildirki sinov parvozlari yil davom etmoqda.

Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya quroli: “Iskander” nima uchun matroslarning yo‘l-yo‘l maykasini kiyib ko‘rmoqda

Bundan tashqari, "Ovchi"ga, uning boshqa qator "kichik ukalariga" singari sun’iy intellekt kiritilmoqda. Og‘ir Su-57 qiruvchilar bo‘g‘inida (Birinchi bosqichda RF Mudofaa vazirligi tomonidan 76ta mashinaga buyurtma berilgan) "aqlli" ergashuvchi og‘ir "Ovchi"ning jangovar qobiliyati sezilarli darajada oshadi, deya taxmin qilish mumkin.

Axir, Su-57 400 kilometrgacha bo‘lgan olis masofada havoda va yer ustida joylashgan nishonlarni aniqlay oladi, 62 tagacha bo‘lgan obyektni kuzatib borishga qodir, zarba dronlariga nishonlar joyini yuborishi mumkin.

Su-57 ning Amerika beshinchi avlod qiruvchi samolyotlaridan yaqqol ustunligini inobatga olgan holda (buyuk pilotaj xususiyatlari, bortdagi 10 tonna arsenal (shu jumladan, gipertovushli qurol), noyob asosiy radar va nishonlarni aniqlash bo‘yicha optik -elektron tizimlar), uchuvchi va "Ovchi" tipidagi jangovar robot o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlar ochilmoqda.

Og‘ir razvedka-zarba uchuvchisiz qurilmasi Rossiya Havo-kosmik kuchlari va Harbiy-dengiz kuchlarida xizmat qilishga qodir. Shu bilan birga, istiqbolli aviatashuvchi kemalarda "Ovchi" va modifikatsiyalangan Su-57 birgalikda joylashtirilishi va jangovar vazifalarni bajarishi mumkin. Taxminimcha, istiqbolda, Rossiya og‘ir uchuvchisiz apparatining samoda - yuqori texnologiyali "ov", deya atalmish jangovar ishlari ko‘p bo‘ladi va bu hech mubolag‘asiz aytilmoqda.

Birinchi o‘q uzilguncha uchaman

AQSh harbiy-havo kuchlari 7-avgust kuni Nevada shtatida ko‘psonli F-22 Raptors va F-35A Joint Strike Fighter stels-qiruvchilari, B-2A Spirit ko‘rinmas-bombardimonlar, RQ-170 Sentinel stels-droni (o‘ta maxfiy 44-razvedka eskadrilyasidan), shuningdek, F-15E Strike Eagle "ko‘rinmas" qiruvchilari va EA-18G Growler radioelektron kurash samolyoti ishtirokida uch kunlik harbiy mashg‘ulotlar yakunlanganini e’lon qildi.

1,4 million dollarlik ushbu tadbir AQSh (Shimoliy va Janubiy Amerikada) ega bo‘lmagan yuqori texnologiyaga ega raqib tajovuziga qarshi jiddiy tayyorgarlik kabi ko‘rinadi.

Raketniy kompleks Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

Manyovrlar davomida samolyotlar havo zarbasidan mudofaa tizimlari zonalariga yashirin kirib borish, shartli dushmanning mudofaa vositalari va tizimlarini radioelektron bostirish va ishdan chiqarish mashq qilindi.

Ular nimaga tayyorgarlik ko‘rishganini payqash mushkul emas. O‘tgan yilning sentabr oyida AQShning Yevropadagi Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Jeffri Xarrigan Pentagon Kaliningrad viloyatining ko‘pqatlamli havo mudofaasi tizimini buzish bo‘yicha rejaga ega ekanligini e’lon qildi, oktabr oyida esa Polsha va AQSh tomonidan Kaliningrad viloyatining bosib olinishi rejasi e’lon qilindi.

Pentagon Rossiyani rossiya chegarasida tobora faol va telbalarcha "tiyib turmoqda". Boltiqbo‘yi va Qora dengiz ustidagi havo bo‘shlig‘ida Amerika razvedka samolyotlarini shunchaki o‘qqa tutib berishmoqda. Bu ochiqdan ochiq va mas’uliyatsiz provokatsiyalar zamirida konseptual mojaroni qurolliga aylantirish maqsadi yotibdi.

Shu bilan birga, 2020-yilda Qo‘shma Shtatlar razvedka samolyotlarining Rossiya chegaralari yaqinida ushlanishi holatlari ortgani fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Amerikaning The National Interest  nashri ekspertlari hodisalar uchun ayb to‘liq Vashington zimmasida ekanligini ochiq aytishmoqda. Sababi, NATO qo‘shinlari Rossiya Federatsiyasi chegaralarini o‘rab olgan, aksincha emas.

Rossiya munosabat bildirishga majbur - jangovar foydalanishning jamiki muhitida - yerda, dengizda, havoda - zarba va mudofaa vositalarini kuchaytirishga majbur. Ufqda "Ovchi" og‘ir zarba dronining paydo bo‘lishi esa o‘z vaqtida va qonunana to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinmoqda.

Voyennoe shou Vejlivie lyudi v ramkax foruma Armiya-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

Global Firepower ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh 2 mingga yaqin zarba samolyotlariga ega. Pentagonda jami 5 mingdan ortiq uchar apparatlar bor, bu NATO ittifoqchilari jangovar aviatsiyasini hisobga olmaganda.

Taqqoslash uchun: Rossiya mudofaa vazirligi 870ta qiruvchilar, bombardimonlar va hujum samolyotlariga, va jami atigi 4 ming dona uchar apparatlarga ega. Vashingtonni Meksika yoki Kuba hududidan ehtimoliy "tiyib turish" uchun rossiya samolyotlari kamlik qilar, ammo Moskva o‘z oldiga bunday maqsadni qo‘ymaydi axir.

Yevrosiyo qit’asida Rossiya Federatsiyasi Havo kosmik kuchlari faqat va faqat mudofaaga bog‘liq masalalarni hal etadi va aviatsiyaning qiruvchi (zarba) imkoniyatlarini asosan Rossiya chegaralari perimetri bo‘ylab joylashgan havo hujumidan mudofaa va raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimlari jiddiy darajada to‘ldirib turadi.

AQSh HHKning Nevadadagi havo hujumiga qarshi eshelonlashgan mudofaa tizimini yorib o‘tish rejasi va "ko‘rinmaslar"ning tegishli mashg‘ulotlari taktik jihatdan foydasiz va "voqelikdan uzoqlashayotgan" amerikalik harbiy xizmatchilar uchun o‘ta xavflidir.

"Ovchi" uchuvchisiz uchish apparati - kelajak sari ulkan sakrashdir va bu Rossiyaning havoda ustunlikka erishish yo‘lidagi yuzlab istiqbolli instrumentlaridan biri bo‘ladi.

Rossiyaning yuqori texnologiyali mudofaa imkoniyatlari ortib borayotgan tahdidlarga javob beradi, g‘arblik "sheriklar"ning eng yomon taxminlariga mos keladi, Pentagon va NATOning qurolli kuchlar va oddiy qurollarning alohida qismlardagi miqdoriy ustunligini tom ma’noda tenglashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0