"Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi: barcha dohiyona narsalar kabi oddiy"

© RFPI i sentra imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odamlarni koronavirus bilan kasallanishidan himoya qilish. Usul har jihatdan yaxshi - odam ham sog‘lom qoladi, boshqalarni ham yuqtirmaydi.

Sergey Sarenko. Biz, shifokorlar, monoklonal antitanachalar, steroidlar, antivirus dori vositalar yordamida koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolashda katta yutuqlarga erishdik. Bemorlar vafot etishi holatlari kamaydi, ammo infeksiyaning og‘ir shakllari uchrasa, ularni O‘pkani suniy ventilyatsiya uskunalariga o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Keyinchalik har o‘n bemordan 6-8 nafari kasalxona ichidagi infeksiyalardan vafot etmoqda. Bunday bemorlarni yangi antibiotiklar yordamida qutqarish mumkin bo‘lar edi. Ammo ularni yaratishga yillar kerak bo‘ladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina qanday nomlandi

Ammo yana bir usul ham bor: odamlarni koronavirus bilan kasallanishidan himoya qilish. Usul har jihatdan yaxshi - odam ham sog‘lom qoladi, boshqalarni ham yuqtirmaydi. Axir, bu kasallikka chidamli odamlar qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyatda immun qatlami shuncha qalin bo‘ladi, epidemiyaning oxiri shuncha tez keladi.

Hozircha kasallikka chidamlilik faqat odam u bilan kasallangan taqdirdagina shakllanmoqda. Ammo xavfsizroq variant ham bor axir – bu emlash. Ustiga ustak, Gamaleya instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan samarali va xavfsiz vaksina ham mavjud. Mikrobiologiya hamjamiyatda bu institut avtomobilsozlikda "Mercyedes" markasi kabi mavqega ega.

Men akademik Ginsburg va Logunovni ko‘p yillardan beri bilaman. Ular va xodimlari bilan birga bardoshli bakteriyalarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqmoqdamiz. Bundan tashqari, institut olimlari allaqachon Ebola va MERS-ga qarshi vaksinalarni muvaffaqiyatli yaratdilar. Ular buni nafaqat yaratdilar, balki vaksinalarni yaratishda xavfsiz va samarali usul – vektor usulini ishlab chiqdilar. Odam uchun xavfsiz adenovirusga orbital stansiyani tashuvchi-raketaga ilganni singari - koronavirusning bir bo‘lagini ilishadi. Uni inson tanasiga kiritishadi. Shundan so‘ng, ham "tashuvchi-raketaga", ham "orbital stansiyaga" immunitet hosil bo‘ladi. Muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun uch haftadan keyin xuddi shunday "orbital stansiya" boshqa adenovirusda , boshqa"tashuvchi-raketaga" ilingan holda kiritiladi. Immunitet yana shakllanadi. Natijada, ikkala adenovirusga sustroq immunitet shakllanadi-da (axir uning organizmga keragi yo‘q), koronavirusga esa - barqaror va ishonchli immun himoya shakllanadi.

Barcha dohiyona narsalar kabi oddiygina. Axir bizning “Levsha”larimizdan (chapaqay-usta – tahr.) boshqa hech kimning hayoliga bunday nozik narsalar kelmagan. Dunyoda yana bir nechta vektorli vaksinalar yaratilmoqda, ammo birdaniga ikkita "tashuvchi-raketa" bilan hech qayerda yo‘q!

Vaksina allaqachon ko‘ngillilarda sinovdan o‘tdi. E’tiborga shunisi loyikki, birinchi ko‘ngillilar Gamaleya institutining barcha xodimlari bo‘ldi. Ular yangi ko‘prik yaratuvchilariga o‘xshaydi - ko‘prik bo‘ylab birinchi poyezd yurayotganida, ular shu ko‘prik ostida turishdi! Bundan keyin, vaksina harbiy ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazildi. Bitta ham asorat yo‘q, hammasining immuniteti o‘ta kuchli.

V Rossii zavershilsya perviy etap ispitaniya vaksini protiv COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiyada COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi

Matbuotda tanqidlar to‘lqini o‘tgani ajablanarli emas. O‘g‘irlangan texnologiyalar haqidagi shunchaki uydirmalardan tortib, vaksinaga immunitetni shakllanishi paytida tasodifan koronavirusni yuqtirish holatida vaziyatning yomonlashishi mumkinligi haqidagi soxta ilmiy mulohazalargacha. Oxirgisi juda qo‘rqinchli eshitiladi: Antitanachalarga qaram kuchayish (ADE). Mutaxassis bo‘lmaganlar uchun qo‘rqinchli. Virusologlar esa ADE ta’siri faqatgina Denge bezgagiga xos va shunda ham emlash bilan bog‘liq bo‘lmaganligini bilishadi. Boshqa hollarda, effekt ba’zan probirkada ko‘rinadi. Koronavirus infeksiyalari holatida emas.

Shunda savol tug‘iladi. Matbuotda bu kampaniyani kim moliyalashtirmoqda? "Mustaqil ekspertlar" kimga qaram? Polishinel siri: hozirgacha Rossiya olimlaridan ortda qolgan boshqa vaksina ishlab chiqaruvchilariga qaram. Shuningdek ba’zida samarali dorilar, ammo kasallikning yengil shakli va ko‘p nojo‘ya ta’sirlarga ega antivirus dori vositalari ishlab chiqaruvchilariga.

Biz, amaliyotchi-shifokorlar, bu shov-shuvli mash-mashalarga e’tibor berishdan uyalamiz. Biz koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar oldimizga kelishini to‘xtashini va hozircha epidemiyada boshqa ishga bormayotgan qo‘llarimiz boshqa kasalliklar bilan ham shug‘ullanishini kutamiz.

Yangiliklar lentasi
0