Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashi osonlashdi - yangi qonun

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossotrudnichestvo MDHdan kelgan talabalarning noqonuniy ishlashi bilan kurashishga yordam beradigan yangi onlayn-xizmat haqida gapirib berdi.

TOShKENT, 12 avg - Sputnik, Danara Kurmanova. Rossiyadagi chet ellik talabalar endi mutaxassisliklari bo‘yicha biron bir hujjatisiz ishga joylashishlari mumkin. Bundan buyon ularga hech qanday ruxsatnoma yoki patentlar kerak bo‘lmaydi. "RFda chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida" gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar tufayli chet ellik talaba suhbatga faqat ta’lim muassasasining ma’lumotnomasi bilan bilan kelsa kifoya.

Ploshad Nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning eng yaxshi fuqaroligi: O‘zbekiston ro‘yxatda nechanchi o‘rinda?

Ushbu yangiliklar 5-avgust kunidan kuchga kirdi. Va roppa-rosa bir hafta o‘tgach, Rossotrudnichestvo agentligida yangilangan qonun chet ellik talabalar uchun qanday qo‘shimcha loyihalar olib kelganini aytib berishdi. Sputnik agentlik talabalarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish topishda qanday yordam berishni rejalashtirayotganini o‘rgandi.

Ta’lim olishga zarar yetkazmay

Yangi o‘zgarishlar nimasi bilan yaxshi? Bundan buyon Rossiyada tahsil olayotgan chet ellik talaba karyerasini birinchi kursdan boshlab qurishni boshlashi mumkin. "Rossiyadagi chet ellik talabalar uchun mehnat bozori bundan buyon endi ochiq. Birgina savol - bu ularning muvaffaqiyatliligi", - deya tushuntirdi "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov.

Primakovning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha ishlash imkoniyati talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga aloqasi bo‘lmagan tasodifiy ishlardan chetlaydi. Agar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish yoshlarga amaliy tajriba va ilmiy izlanishlar uchun asos yaratadigan bo‘lsa, talabalar shu vaqtgacha ko‘pincha ishlab kelgan xizmat ko‘rsatish sohasi, aksincha, sifatli o‘qishga xalaqit beradi.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

"O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: buning barchasi nima uchun? Talaba o‘qigani keladi-da, olti oydan keyin u taksida qo‘shimcha pul ishlashni boshlaydi", - deydi Primakov va ta’kidlaydi: bunday sharoitda darslarga tayyorgarlik ko‘rishga vaqt bo‘lmaydi.

Xatarlar hamon mavjud

O‘qish paytida qo‘imcha daromad topish talabalar uchun odatiy amaliyotdir, ayniqsa bu ularga kelajakdagi kasbini yaxshiroq bilib olishga imkon bersa. Amaliy ko‘nikmalar yoshlarga universitetni tugatgandan keyin ishga joylashishda muammolarga duch kelmaslikka yordam beradi, chunki quyidagini unutmaslik kerak: ko‘plab kompaniyalar xech bo‘lmasa minimal tajribaga ega mutaxassislarni izlaydi. Biroq, yangi o‘zgartirishlarham ma’lum bir xavfga ham olib keladi – ishga noqonuniy joylashishga, deydi Yevrosiyo tahlil klubining rahbari Nikita Mendkovich.

"Talabalarni ishga qabul qilishda qonuniy rasmiylashtirilishi, mehnat va xavfsizlik texnikasi to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi, shuningdek ijtimoiy ushlanmalar amalga oshirilishi juda muhimdir. Bunga biznes va fakultetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan markazlashtirilgan yollash va ish qidirish jarayonlarini tashkil qilish orqali erishish mumkin", - deydi Mendkovich.

Biometricheskie zagranichnie pasporta grajdan RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘n nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

Shu paytning o‘zida “Rossotrudnichestvo” shuni ta’kidlamoqda: agentlik yirik universitetlar bilan talabalarga ish topishda yordam berish variantlarini muhokama qilmoqda. "Bir necha kun oldin biz Orolda bo‘ldik va tibbiyot OTMlari bitiruvchilarga tibbiy muassasalarda ish topishda yordam berishlari mumkinligi haqida gaplashdik. O‘zlari bu yerda ish topishlari oson bo‘lmaydi", - deydi Yevgeniy Primakov.

Ortiqcha hujjatlar endi kerak emas

Primakovning pozitsiyasiga O‘zbekistonlik jarroh-ordinator Behbudiy Rafiqov qo‘shiladi. O‘z vatanida, Samarqandda Behbudiy eng istiqbolli talabalardan biri hisoblangan - u talabalar ilmiy jamiyatining yetakchisi bo‘lgan va uning tadqiqotlariga xalqaro tibbiy jurnallar qiziqish bildirgan. Behbudiy ordinaturani chet elda o‘tashga qaror qildi va uning tanlovi Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch va radiatsion tibbiyot Markaziga tushdi.

"Rossiya ta’limining afzalliklari yaqqol: bu past narx evaziga yuqori sifat va umumiy tarix, - deb o‘z tanlovini asoslaydi yosh mutaxassis. - Ammo men ishlashni ham xohlagandim. Pandemiya paytida ko‘plab kasalxonalar yo‘nalishi o‘zgartirilishi natijasida bizning markazimizga ish yuklamasi oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ordinatorlarga katta jarrohlar nazorati ostida stajer bo‘lib ishlashga ruxsat berdi va biz katta tajribaga ega bo‘ldik. Shifokor uchun bu amaliyot bebahodir".

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olganlar soni 2,5 baravarga oshdi

Shu tariqa, Behbudiy Rafiqov ish qidirish haqida o‘ylay boshladi, lekin uni faqat bitta jihat to‘xtatib turardi – hujjatlarning juda katta to‘plamini yig‘ish zaruriyati. "Men ushbu hujjatlarni rasmiylashtirayotganda o‘qishga vaqtim yetmay qolishini tushundim, - deydi u. - Endi esa yangi qonun haqida eshitib juda hursand bo‘ldim. Menda ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Aminmanki Rossiyaga chet ellik talabalar oqimi kutilmoqda.

Superxizmat hammaga yordam beradi

“Rossotrudnichestvo” chet ellik talabalarga ish topishga yordam berish uchun Davlat xizmatlari portalida yana bir ta’lim superxizmatni ishga tushiradi. Bu haqda Sputnik-ga agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Pavel Shevsov xabar berdi.

Ta’lim sohasidagi xizmatlardan biri 2020-yil 20-iyundan boshlab ishlamoqda. U "OTMga onlayn kirish" deb nomlanadi. Ushbu xizmat tufayli abituriyent o‘z uyidan chiqmasdan Rossiyaning istalgan universitetiga hujjat topshirishi mumkin. Yangi superxizmat esa Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalarga mo‘ljallangan.

"U kelgusi yilning oxirigacha to‘laqonli ishga tushadi. Ushbu xizmat tufayli biz barcha talabalarni - nafaqat kvota bo‘yicha Rossiyada o‘qiyotganlarni, balki shartnoma bo‘yicha o‘qishga kirganlarni ham ko‘ra olamiz, - deydi Pavel Shevsov. - Xizmat shuningdek o‘qish joyini hamda uning o‘zlashtirishini ko‘rsatadi".

Uzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan 300 nafarga yaqin talaba O‘zbekistonga olib kelindi

Shevsovning ta’kidlashicha, xizmat orqali talabalarni hech kim kuzatish niyati yo‘qligini tushunishlari juda muhim. O‘zlashtirishi haqida ma’lumot Mehnat vazirligi va iqtidorli talabalarni ishga tanlab olishida kompaniyalar uchun foydalidir. Bundan tashqari, xizmat ma’lumotlari “Rossotrudnichestvo”ga qaysi shahar va universitetlar chet elliklar orasida eng mashhurligini tahlil qilishga yordam beradi.

"Biz xizmatga shuningdek mintaqalar haqida ham ma’lumotlarni joylashtiramiz. Chunki odatda abituriyentlar Moskva yoki Sankt-Peterburg universitetlari haqida ko‘pini biladi, ammo sifatli ta’lim bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan kichik shaharlar haqida deyarli hech narsa bilmaydi. Shuning uchun bu bo‘shliqni to‘ldirish kerak", - dedi Pavel Shevsov.

Stipendiyalarga o‘tish

Biroq, hamma ham qo‘shimcha pul topishi mumkin emas. Kimdir ilmga haddan tashqari kirishib ketgan va bu holatda talaba o‘zini o‘zi ta’minlash uchun ishlashi zaruriyati paydo bo‘ladi. Bunday qo‘shimcha ishning tajriba orttirish istagi bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q, deydi Pavel Shevsov.

"Biz “Rossotrudnichestvo”ga nafaqat kvotalar, balki abituriyentga ham aviaparvoz narxini, ham yashash uchun harajatlarni qoplaydigan ta’lim stipendiyasini yutib olishi mumkin bo‘lgan format kerakligini muhokama qilyapmiz", - deydi u.

Rossiyskiy universitet drujbi narodov (RUDN) - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya – imkoniyatlar vaqti: Rossiya OTMlari MDH talabalarini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda

Hozirda Rossiyaning ko‘plab universitetlarida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash bo‘limlari mavjud. Bo‘lajak xalqaro diplomat, Armanistonlik talabasi Edita Stepanyan, universitetning yordami bilan dastlab Davlat dumasining Energetika qo‘mitasida malaka oshirdi, keyin esa unga assistent lavozimi taklif qilindi.

"Albatta, vaziyatlar ish va o‘qishni qisman uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Mart oyida epidemiologik vaziyat sababli barcha tashkilotlar karantinga yopildi. Natijada biz hamon masofaviy formatda o‘qib, ishlab kelmoqdamiz. Ammo bunday sharoitlar bo‘lmaganida ham, men hamma narsaga ulgiyotgan edim, chunki bu muassasada ishlash mening orzuim edi”, deydi talaba qiz. Uning fikricha, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar chet ellik talabalarga o‘qishga yanada ko‘proq motivatsiya bilan munosabatda bo‘lishga majbur qiladi.

Yangiliklar lentasi
0