Samarqand forumi dolzarb va o‘z vaqtida tashkil etildi - Norov

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) Vladimir Norov
Generalniy sekretar Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Samarqand forumida O‘zbekiston prezidentining BMT 72-sessiyasidagi tashabbusi asosida ishlab chiqilgan Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiya loyihasi matni ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand veb-forumini o‘tkazish nihoyatda dolzarb va o‘z vaqtida amalga oshirilgan tashabbusdir, deydi Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov.

Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Bu, jumladan, uning ta’biri bilan aytganda, "dunyodagi aksariyat mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga va aholisi sog‘lig‘iga sezilarli ziyon yetkazgan" koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan sharoitlar bilan bog‘liq.

Samarqand forumining 12-avgustda bo‘lib o‘tgan ochilish marosimidagi chiqishida: "ma’naviy-ruhiy va jismoniy salomatlik, ta’lim, kasbiy rivojlanish va fuqarolik faolligi nuqtayi nazaridan yondashganda, hozirgi inqirozdan yoshlar hammadan ko‘proq jabr ko‘rdi", deya qayd etdi.

Shu munosabat bilan Samarqand forumining dolzarbligi haqida so‘z borganda, ShHT Bosh kotibining fikricha, "bugun mamlakatlarimizdagi yoshlar davlat, xalqaro hukumat va nohukumat tashkilotlarining navqiron avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish, yoshlarning ijodiy salohiyatidan mamlakatlarimiz manfaatlari yo‘lida foydalanish borasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va huquqiy choralar ko‘rish orqali ko‘rsatadigan yordamiga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj" ekanini ta’kidlash lozim.

Prezident Uzbekistana prinyal spesdokladchika Soveta po pravam cheloveka OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev BMT maxsus ma’ruzachisi bilan inson huquqlarini muhokama qildi

"Bugun yer yuzi yoshlarining qariyb yarmi yoki 800 million nafar kishi Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida istiqomat qiladi. Mamlakatlarimiz yoshlari o‘zlarining shijoati, novatorligi va yangi g‘oyalari bilan ShHTning kelgusi taraqqiyot yo‘lida, faoliyatining turli jabhalarida muhim tayanch hisoblanadi. Xuddi shu bois yoshlar hamisha bizning Tashkilot diqqat markazida turadi", dedi Norov.

ShHT Bosh kotibi, shuningdek ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining 2019-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan 18-majlisida delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston tomonining BMT Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi loyihasini tayyorlashga doir tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bu borada o‘zaro muvofiqlikda ish olib borish istaklarini bildirganlarini ta’kidladi.

Press-konferensiya predstaviteley Human Rights Watch na temu: «Avgustovskiy konflikt na Yujnom Kavkaze i prava cheloveka” - Sputnik O‘zbekiston
HRW: O‘zbekiston inson huquqlari borasida yangi sahifa ochdi

Norovning qayd etishicha, "mazkur BMT Konvensiyasining o‘ziga xos ahamiyati shuki, unda yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb sohalarini tartibga solishga taalluqli xalqaro va milliy tajriba hisobga olingan hamda ushbu hujjat yoshlarning ehtiyojlarini qondirish, navqiron insonlarning salohiyatlarini, huquqlari, erkinliklari va eng maqbul manfaatlarini jamiki xilma-xil ko‘rinishlarida va butun dunyo miqyosida kafolatlash maqsadida xalqaro, mintaqaviy va milliy darajalardagi sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan".

"Ushbu Konvensiyaning BMT Bosh Assambleyasining yaqin oradagi sessiyasida qabul qilinishi davlatlar va butun jahon hamjamiyati oldida turgan da’vatlarga o‘z vaqtida va amaliy tarzda berilgan javob, shuningdek yoshlarning uyg‘un rivojlanishi, ularning ulkan salohiyatidan mamlakatlarimiz farovonligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda pandemiyaning salbiy asoratlarini yengib o‘tishda foydalanish uchun qulay imkoniyat bo‘lur edi".

Verxovniy komissar OON po pravam cheloveka Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Ayni paytda Samarqand forumida O‘zbekiston Prezidentining BMT 72-sessiyasidagi tashabbusi asosida ishlab chiqilgan Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiya loyihasi matni ko‘rib chiqilmoqda.

Konvensiya loyihasini tayyorlash borasidagi ishlar ikki yildan ko‘proq vaqt davom etdi. O‘tgan davrda ushbu sohada to‘plangan mintaqaviy tajriba va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or amaliyoti o‘rganildi. Mintaqaviy va milliy darajalarda turli tadbirlar o‘tkazildi.

Hozirgi vaqtda Konvensiya matni Muqaddima va 26 ta moddadan iborat. Konvensiya muqaddimasida qay etilganidek, "barcha mamlakatlarda yoshlar rivojlanish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan asosiy odam resurslaridan biri va ijtimoiy o‘zgarishlar, iqtisodiy rivojlanish hamda texnika taraqqiyotining asosiy ishtirokchilari" hisoblanadi.

Shu bilan birga, Konvensiyada "yoshlar globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jo‘shqin rivojlanayotgan sharoitlarda jamiyatdagi yirik o‘zgarishlarning o‘tkazuvchilari, manfaatdorlari va jabrdiydalari hisoblanishi" ham alohida ta’kidlangan. Xuddi shu omillar Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyaning qabul qilinishini taqozo etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0