Bombardimonchilar va desant - Rossiyaning "hamkorlar"ga javobi

Obuna bo‘lish
RF Qurolli kuchlari uzoq masofali aviatsiyasi o‘z tarkibida 70 ga yaqin Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchilari, 40 dan ortiq uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchilari bor.

Pentagonning Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilari ortida qilayotgan provokatsiyalari Rossiyani AQShga ularning sayyoradagi pozitsiyalari zaifligini eslatishga majbur qilmoqda. 12-avgust kuni Rossiya Tinch okeani floti dengiz piyodalari qo‘shinlari AQShdan atigi 350 km masofada joylashgan Komandor orollariga (Bering dengizi) parashut desantini qo‘ndirdi.

Perviy polet bespilotnika Altius-U - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Havo-kosmik kuchlari 2021-yilda "aqlli" zarba dronlarini qabul qiladi

Bir kun oldin, Tu-160 strategik raketa tashuvchilari ekipajlari Saratov viloyatidan AQSh hududidan 530 km masofada joylashgan Anadir (Chukotka yarimoroli) aerodromiga ko‘chib o‘tdilar.

Dengiz piyodalari bo‘linmasi Komandor orollarida rejalashtirilgan taktik mashg‘ulot paytida notanish maydonchaga parashut yordamida tushdi. Qo‘shinlarni tashlash maqsadi orollardan birida joylashgan harbiy obyektning mudofaasini kuchaytirish va dushmanning razvedka-sabotaj guruhlarining hujumlarini oldini olishdir.

Qo‘nish “Arbalet” parashut tizimlaridan foydalangan holda, to‘liq jangovar aslahalar va qurol-yarog‘ va mudofaani zich chegaralgan vaqt oralig‘ida amalga oshirildi. Mashg‘ulotga 50 dan ortiq harbiy xizmatchilar, dengiz aviatsiyasi samolyotlari ekipajlari va Tinch okean flotining ta’minot kemalari jalb qilindi. Harakatlar o‘quv-jangovar tayyorgarlik doirasida bo‘lganiga qaramay, yaqqol ramziy bo‘lib, Pentagonga Rossiyaning tahdidlarga qarshi turish va ularga munosabat bildirish qobiliyati muhimligini eslatib turadi.

Amerikalik "hamkorlar"ga Saratov viloyatidan Anadqirga ikkita Tu-160 strategik raketa tashuvchisini ko‘chirilishi ham yana bir maqsadli signal kabidir. “Oqqush”larning to‘xtovsiz parvozi (sharqqa taxminan 7000 km) Tu-95MS strategik raketa tashuvchi bombardimonchilar, Tu-22M3 tovushdan tez raketa tashuvchi bombardimonchilar va Il-78 uchar tanker ishtirokida taktik-parvoz mashqlari doirasida amalga oshirildi.

Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston
"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

Samolyotlar operativ aerodromlarga ko‘chirilganidan so‘ng, ekipajlar Uzoq masofali aviatsiya qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Kobilash boshchiligida samolyot qurollaridan foydalanish va boshqa topshiriqlardan maqsadli vazifalarni jangovar ravishda bajarishdi. Aslida raketa tashuvchilarning vazifalari bo‘yicha hammasi ravshan, bu Rossiyaning strategik yadroviy kuchlarining tarkibiy qismi.

Qo‘mondonning "Ura" deyishi nimani anglatadi

Tinch okeanida ko‘rinmaydigan bo‘lib ketgan Komandor orollariga (aholisi taxminan 700 kishi) qo‘ngan Tinch okean floti dengiz piyodalarining parashut bo‘limi, yana bir bor Rossiya qo‘shinlarining doimiy joylashish joylaridan minglab kilometr masofada samarali harakat qilish va dunyoning istalgan joyida harbiy inshootlarni tezda o‘z nazoratiga olish qobiliyatining yuqori ekanligini yana bir bor namoyish etdi.

Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya quroli: “Iskander” nima uchun matroslarning yo‘l-yo‘l maykasini kiyib ko‘rmoqda

Rossiya harbiylari dunyo tarixida birinchi marta Arktikaga 10 ming metr balandlikdan parashutda qo‘nib, Frans Iosif Yeri arxipelagida muvaffaqiyatli operatsiyani amalga oshirishdi. Yuqori balandlikdan desantlash maxsus kuchlar bo‘linmalariga dushman obyektidan har qanday uzoqlikda va har qanday mintaqada maxfiylik va operatsiya samaradorligini ta’minlaydi. Har qanday mintaqada, shu jumladan Shimoliy qutb yaqinida erkin suzayotgan muz qoyasiga ham (u yerga Rossiya qo‘shinlari 2014-yil aprel oyida parashut qo‘nishgan), qo‘shni qit’alarning qattiq tuprog‘ini gapirmasa ham bo‘ladi.

Vaziyatning eng og‘ir sharoitlarida maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan yangi "Arbalet-2"parashut tizimlari va boshqalar harbiylarga o‘z quroli va 50 kilogrammlik konteyneri bilan 400-4000 metr balandlikdan xavfsiz tarzda qo‘nishga imkon beradi. “Shturm” yelka qopisiz parashuti 80 metr balandlikdan sakrashga imkon beradi. Va faqatgina Rossiya zirhli mashinalari ekipajlari bilan 1500 metrgacha balandlikdan ko‘p gumbazli parashyu tizimlarda qo‘ndirilishi. Ammo, har qanday parashut shunchaki harbiyni va qurollarni jang maydoniga yetkazib berish vositasidir.

Havo desantlari (dengiz piyodalari, havo-desant qo‘shinlari va boshqa mutaxassislar) dushman chizig‘i ortida, mahalliy mojarolarda va keng ko‘lamli urushda (mustaqil ravishda yoki harbiy guruhlar tarkibida) tezkor-taktik jangovar vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan. Desant qo‘nishiga faqatgina dushmanning havo mudofaasi samarali xalaqit berishi mumkin, ammo uzoqdan turib aviatsiya qurollari dastlabki zarbasi bilan bu muammoni bartaraf etadi.

Raketniy kompleks Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

Haqiqiy jangovar operatsiyada kimdir qo‘nish yo‘lini tozalab berishi kerak, havo hujumiga qarshi zenit qurollarini, Lance tipidagi taktik raketa tizimlari, dushmanning artilleriyasi va zirhli texnikasini bostirib turishi kerak. Ehtimol, strategik Tu-160, Tu-95MS va Tu-22M3 tovushdan tez uchar raketa tashuvchi bombardimonchilari Tinch okean sohiliga uchib kelgani va vazifalarni belgilangan tartibda - Komandor orollariga desant qo‘nishidan bir kun oldin amalga oshirgani tasodif emas. Shu yerda ta’kidlab o‘tish kerak: Rossiya hech kimga urush bilan tahdid qilmaydi, lekin o‘z ham imkoniyatlarini hech kimdan yashirmaydi.

Anadirning ayozli ogohlantirishi

11 avgust kuni Tinch okeani sohilida joylashtirilgan Rossiya uzoq masofali aviatsiyasining hujum guruhi Rossiya havo hududini tark etmasdan dushmanning 5500 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlariga zarba berishga qodir. Anadir aerodromidan aniq uruvchi va kam seziladigan raketalar Amerikaning Minuteman III yadroviy qit’alararo ballistik raketalari shaxtalari joylashgan Montana va Shimoliy Dakota shtatlariga yetib borishi mumkin. Tinch okeani ustidagi xalqaro havo maydonidan yangi imkoniyatlar ochilmoqda.

Zapusk ballisticheskoy raketi s aviabazi Vandenberg v Kalifornii - Sputnik O‘zbekiston
"Iskanderlarga" ularni javobi. AQShning yangi raketalari dunyoga qanday tahdid solmoqda

Strategik Tu-160M, masalan, Suriyada sinovdan o‘tgan, uzoq geografik mintaqalarda dushmanning quruqlikdagi yoki dengizdagi nishonlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan, an’anaviy yoki yadroviy kallachali X-101 qanotli raketalaridan foydalanishi mumkin. Tu-160Mning revolver raketa uchiruvchi uskunasi 12 tagacha qanotli raketalarini tashiy oladi. X-101ning konvension modifikatsiyasi taxminan 400 kilogramm trotil ekvivalentidagi jangovar qismga ega. Maxsus X-102 termoyadroviy kallacha bilan jihozlanishi mumkin (250 kilotondan bir megatongacha).

Qanoti o‘zgaruvchan uzoq masofali ko‘p qirrali tovushdan tez Tu-22M3 raketa tashuvchisi-bombardimonchisi, strategik va tezkor-taktik aviatsiya o‘rtasidagi bo‘shlikni egallaydi, zamonaviy havo mudofaasi va radioelektron kurash tizimlariga qarshi choralar sharoitida quruqlik va dengiz nishonlariga (aviatashuvchilar qotili) samarali zarba beradi. Unga o‘hshashi dunyoda yo‘q.

Maksimal tezligi - soatiga 2300 km, jangovar yuk - 24 tonnagacha. Uchirish chizig‘iga X-101 yoki X-102 qanotli raketalarini yetkazishga mo‘ljallangan. U X-32 va gipertovushli “Kinjal” X-47M2 raketalarini tashishga qodir. Tu-22M3M bombardimonchisi dushmanning havo mudofaasining 700 kilometrlik hududiga kirmasdan, dushman aviatashuvchi guruhini yo‘q qilishga qodir. 1000 kmgacha masofaga uchishga qodir X-32 kemalarga qarshi raketa 40 kmgacha balandlikda 5 Max tezligida uchib, stratosferadan turib zarba beradi, u "Idjis" raketalarga qarshi mudofaasiga dahlsizdir.

Tu-95MS strategik raketa tashuvchi-bombardimonchisi maxsus tanishtirishga muhtoj emas va shuningdek, dushman ichkarisidagi muhim nishonlarni qanotli raketalar yordamida (5500 kmgacha masofada) yo‘q qilishga mo‘ljallangan – kunu-tun, har qanday ob-havoda. Eslatib o‘tamiz: yuqorida aytib o‘tilgan barcha samolyotlar chuqur modernizatsiya qilindi, bortida eng zamonaviy qurol-aslahalarni tashiydi va ular shafqatsiz kuchdir.

Iskander vipustil raketu - Sputnik O‘zbekiston
Dushman o‘tib ketmaydi: "Iskander" majmuasi raketa uchirdi

RF Qurolli kuchlari uzoq masofali aviatsiyasi o‘z tarkibida 70 ga yaqin Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchilari, 40 dan ortiq uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchilari bor. Havo-kosmik kuchlarning asosiy zarba kuchi va strategik yadroviy kuchlarning tarkibiy qismi, Rossiya Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni dastagi bo‘lgan uzoq masofali aviatsiya tezkor-strategik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan va hech bir joyda bekordan-bekor  uchmaydi.

Amerika, ahmoqlik qilma

Pentagon va NATO Rossiyaga Sharqiy Yevropadagi ma’nosiz "bosib turish"ga tobora kirishib ketapti, ya’ni Amerika qo‘shinlarini Germaniyadan Polsha va Ruminiyaga ko‘chirishi, seriyali manevrlari, RF chegaralariga yaqin bo‘lgan Boltiq va Qora dengizlarida jangovar va razvedka aviatsiyasini provokatsion uchirishlari bilan.

O‘zlarining xavfsizligini tom ma’noda unutgan holda (go‘yo ularda zahirada boshqa sayyora mavjuddek) ittifoqchilar va hamkorlar tinimsiz "inqirozli mintaqalardagi vaziyatni tinchlantirish" usullarini blokirovka qilish, havodan mudofaa tizimini buzib o‘tib desant qo‘ndirish va dushman pozitsiyalariga raketa zarbalarini taqlid qilish orqali sinab ko‘rishmoqda.

Pilot F-35 vo vremya podgotovki k vzletu v Saut-Berlingtone, SShA - Sputnik O‘zbekiston
F-35 modernizatsiyasi - to‘kilgan obro‘ oqibati

Pentagon "insonparvarroq" pastroq quvvatdagi yadro qurollar salohiyatni oshirishga intilmoqda. Agar Rossiyani "to‘xtatib turish" (Amerika manfaatlariga bo‘ysundirib) bo‘lmasa, unga hujum qilish to‘g‘ri keladi - bu taktika 2015-yildan beri ma’lum.

Zamonaviy voqelik shundan iboratki, Rossiyani iqtisodiy jihatdan ajratib yoki harbiy usullar bilan mag‘lubiyatga uchratib bo‘lmaydi, bosim o‘tkazishning ko‘p yillik urinishlari behuda bo‘ldi. Buni hatto Amerikaning "The American Conservative" jurnali ham tan oldi: "Rossiya  o‘zining yaqinida muayan chegaralarni belgilab qo‘ydi va AQSh ularni kesib o‘tishga xarakat qilmasligi kerak. Biz oxirgi 12-yil ichida ikki marotaba arg‘amchini o‘ziga tortish ko‘rinishida AQSh va Rossiya o‘rtasidagi raqobatga jalb qilinib qolgan mamlakatlarning ahvoli naqadar dahshatli bo‘lganiga shohid bo‘ldik. Bizning hukumat Ukraina va Gruziya misolida, aslida AQSh ushbu davlatlarni himoya qilishga tayyor emasligini tushundi".

Pentagon shu kabi hulosalarga keladi degan umid qolmoqda – faqatgina AQShning o‘zi uchun nomaqbul yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan Boltiq va Qora, Bering va Chukotka dengizlaridagi qo‘pol provokatsiyalar orqali emas.

Yangiliklar lentasi
0