Rossiyada “oper”lar uchun mini to‘pponcha ixtiro qilindi - video

© Press-slujba "Rostex" / Mediabankka o‘tishNoviy pistolet "Poloz" dlya MVD i Rosgvardii
Noviy pistolet Poloz dlya MVD i Rosgvardii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rostex” tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Rosgvardiya xodimlari uchun ixcham “Poloz” to‘pponchasi ixtiro qilindi.

OShKENT, 14 avg — Sputnik. “Rostex” IIV va Rosgvardiya xodimlari uchun ixcham “Poloz” to‘pponchasini ixtiro qildi.

"Poloz" 50 metrgacha masofada otish uchun mo‘ljallangan. Qurolni minus 50 dan plyus 50 darajagacha bo‘lgan haroratda qo‘llasa bo‘ladi.

Magazin sig‘imi – 15-18 dona 9x19 millimetrli o‘q.

Yangi to‘pponcha oddiy armiya modeliga qaraganda kichikroq va yengilroq bo‘lib, uni yashirin olib yurishga mo‘ljallangan.

Rostex bosh direktori Albert Bakov so‘zlariga ko‘ra, yangi qurol foydalanish uchun qulay, ishonchli va oddiy, bu tezkor xizmat xodimlari uchun juda muhim.

To‘pponcha keng jamoatchilikka "Armiya-2020" xalqaro harbiy-texnik forumida namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0