Uydan chiqib, qaytib kelmadi: bedarak yo‘qolgan 13 yashar qiz qidirilmoqda

© Press-slujba GUVD TashkentaBaxriddinova Odina Kayum kizi, 2007 goda rojdeniya
Baxriddinova Odina Kayum kizi, 2007 goda rojdeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odina Baxriddinova Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Bedarak yo‘qolgan 13 yoshli Odina Baxriddinova qidirilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Abduraxmonova Madinabonu Jaxongir kizi, 2006 goda rojdeniya - Sputnik O‘zbekiston
Bedarak yo‘qolgan 14 yashar qiz bir oydan beri qidirilmoqda – Toshkent IIBB

2007 yilda tug‘ilgan Baxriddinova Odina Qayum qizi joriy yilning 8-avgust kuni taxminan soat 10.45 da Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 150 sm., sochlari to‘q jigar rang, yuzi yumaloq, ko‘zlari qora.

Kiyimlari: qora kalta ko‘ylak, oyoqlariga “bosonojka” kiygan.

“Qidiruvga yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: 71-232-30-40, 71-232-40-50, 71-278-58-40 yoki 102, shuningdek qizning qarindoshlarining raqamlari: 99-646-85-03, 91-548-67-47, 99-842-60-11”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bedarak yo‘qolgan14 yoshli Madinabonu Abdurahmonova qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.


Yangiliklar lentasi
0