O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi

© MintransportaNachal kursirovat dopolnitelniy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent
Nachal kursirovat dopolnitelniy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qilmoqda.

Stuardessa v salone dalnemagistralnogo shirokofuzelyajnogo passajirskogo samoleta Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MDH davlatlariga parvozlarni qachon qayta tiklaydi – ehtimoliy sanalar

Mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovini tashkil etishda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yo‘l qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yo‘l vagonlari (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish hamda havosini zararsizlantirish tizimini joriy etish choralari ko‘riladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan joriy yil 15-avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich poyezdlar harakati qayta tiklanadi.

Jumladan:

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 2 ta,
Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 1 ta shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Post radom s bivshey gostinitsey Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin 15-avgustdan yumshatiladi – tafsilotlar

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Mahalliy yo‘nalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi tomonidan 15-avgust sanasidan e’tiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.

Yo‘lovchilardan poyezdlar va samolyotlar bortiga chiqishda, vokzal va aeroportlar hududida hamda yo‘l davomida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi kabi karantin cheklovlari 2020-yil 15-avgustdan keyin ham saqlanib qolinadi. Tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0