Bugundan Toshkentda jamoat transporti toʻliq tiklandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻlovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda boʻlishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar avtobus va mikroavtobuslar saloniga chiqarilmaydi.

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. 15 avgustdan Toshkentda jamoat transporti, avtobuslar va mikroavtobuslar harakatlanishi toʻliq tiklanadi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Meditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnыx s koronavirusnoy infektsiyey - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus: 14 avgust asosiy xabarlari

Xabarda aytilishicha, 132 ta yunalishda 1 105 ta avtobus yoʻnalishlarga chiqariladi. Shuningdek, "Toshshahartransxizmat" AJ tizimidagi xususiy korxonalar va 98 ta yoʻnalishda 800 dan ortiq yoʻnalishli taksilar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

Yoʻlovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda boʻlishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar avtobus va mikroavtobuslar saloniga chiqarilmaydi.

Transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin toʻliq dezinfektsiyadan oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 15 avgustdan boshlab Oʻzbekistonda karantin choralari yumshatilishi eʼlon qilingan edi. Kuni kecha ushbu munosabat bilan maxsus komissiya murojaati eʼlon qilindi.

Metro v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda 15 avgustdan metro ishga tushadi

Maxsus komissiya unda mamlakatdagi barcha fuqarolarga 2020 yil 10 iyuldan buyon joriy etilgan karantin cheklovlariga qatʼiy va intizomli ravishda rioya etganlari uchun oʻz minnatdorchiligini bildirgan.

"Bu koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bogʻliq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratdi", - deya taʼkidlangan bayonotda.

Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni koʻpayishining oldini olish maqsadida, Komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qatʼiy rioya qilishni davom ettirishlarini soʻraydi.

Shu jumladan: jamoat joylarida niqob taqib yurish; ijtimoiy masofani saqlash; qoʻllarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish.

Ushbu qoidalarga amal qilinmay, kasallik qayta avj olsa qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala