Navoiyda zamonaviy plyaj ochiladi

© REUTERS / Paul ChildsMujchina prыgayet v vodu na plyaje v Braytone, Velikobritaniya
Mujchina prыgayet v vodu na plyaje v Braytone, Velikobritaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sohil boʻyida barpo etilayotgan plyaj, dam olish va sogʻlomlashtirish maskani hamda akvaparkning umumiy qiymati 6 mln dollarni tashkil etadi.

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. 16 avgust kuni buxorolik faol tadbikorlar tomonidan Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududida joylashgan Toʻdakoʻl suv omborini eng soʻnggi zamon talablariga mos ravishda sohil dam olish maskaniga aylantirilgan "Silk Road Family Resort" sayyohlik plyaj zonasining rasmiy ochilish marosimi oʻtkaziladi.

Otdыx na Charvake - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
"Oʻzbekiston Shveytsariyasi" mahalliy sayyohlar uchun choʻntakbop boʻladi

Ochilish marosimi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Buxoro viloyat departamenti hamda Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov yaqinda Buxoro viloyatiga tashrifi davomida mahalliy mutasaddilar ishtirokida qator sayyohlik obʼyektlari singari mazkur dam olish maskanida ham boʻlib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan va zarur tavsiyalarni bergan edi.

V svyazi s pandemiyey istoricheskiye obʼyektы opusteli - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Samarqandda turizm qanday jonlanmoqda – foto

Jahon talablariga javob beruvchi ushbu dam olish maskani loyihasiga koʻra, olib borilgan qurilish jarayonlari yakunida sohil boʻyida barpo etilayotgan plyaj dam olish sogʻlomlashtirish maskani va akvaparkning umumiy qiymati 6 mln dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, ushbu sayyohlik obʼyekti plyaj, basseyn, akvapark, kichik  "Disneyland", 50 oʻringa moʻljallangan mehmonxona, dam olish tapchanlari, restoran, yozgi terassa, SPA-salon, tabiat qoʻynidagi oʻyingoh, tibbiyot burchagi, sogʻlomlashtirish maskani, sport maydoni, avtoturargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qoʻshimcha xizmatlarni ham oʻz ichiga oladi.

© Komitet po razvitiyu turizma RUzOtkrыvayetsya novыy sovremennыy kurort "Silk Road Family Resort"
Navoiyda zamonaviy plyaj ochiladi - Sputnik Oʻzbekiston
Otkrыvayetsya novыy sovremennыy kurort "Silk Road Family Resort"

Ochiq osmon ostida oʻtkaziladigan bir-biridan qiziqarli kontsert va shou dasturlari mehmonlarning maroqli dam olishi uchun xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0