TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Tojikiston bilan chegarada afgʻon harbiylari toliblar hujumini qaytardi, deb xabar qildi Sputnik Tojikistonga afgʻon milliy armiyasining 217-"Pomir" korpusi matbuot-kotibi.
Terrorchilar 14 avgust kuni 6.30da Badaxshon provintsiyasining Kuf-Ab uyezdi hududida armiya va politsiya kuchlariga hujum uyushtirgan.
Afgʻoniston harbiylari harakatlari natijasida 10 nafar jangari oʻldirilgan, 6 nafari jarohatlangan, 4 nafari asir olingan.
Jangarilardan 1 ta granatomet, 1ta Kalashnikov avtomati va boshqa qurollar olib qoʻyilgan.
Muvaffaqiyatsiz ishgʻoldan soʻng, toliblar chekingan. Afgʻoniston armiyasi tomonidan boʻlgan yoʻqotishlar va/jarohatlanganlar haqida maʼlumotlarga aniqlik kiritilmagan.