Lukashenko o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi - asosiy fikrlar

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishMiting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske
Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk markazida uyushtirilgan mitingda tarafdorlari oldida nutq so‘zladi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi.

Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Lukashenko Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi

Lukashenko aytgan asosiy fikrlar:

- “NATO qo‘shinlari darvozamiz oldida gusenitsa bilan g‘ijirlamoqda”. "Qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar" Belarusning g‘arbiy chegaralarini Brest yaqinida emas, Minsk yaqinida ko‘rishmoqda, bu amalga oshmaydi.

- “Biz Rossiya va Yevropa o‘rtasida sanitar zonaga aylanmasligimiz kerak, biz Yevropa uchun hojatxonaga aylanmasligimiz kerak.

- Litva, Latviya, Polsha va afsuski, qardosh Ukraina bizga yangi saylovlar o‘tkazishni buyurmoqda. Agar biz ularning ko‘rsatmalariga amal qilsak, biz xalq sifatida halok bo‘lamiz.

- Agar belaruslar islohotlarni istasa, hukumat ularni ertaning o‘zida boshlaydi.

- “Saylovlar bo‘lib o‘tdi, 80 % soxtlashtirib bo‘lmaydi". "men bu yerda hokimiyatga opishib qolganim uchun turganim yo‘q. Chorak asr davomida yoshligimni, eng yaxshi kunlarimni sizga xizmat qilishga sarfladim, meni qulatsangiz, bu siz uchun intihoning boshlanishi bo‘ladi”.

- “Men o‘lsam ham, davlatni topshirishingizga yo‘l qo‘ymayman”.

- Lukashenko raqiblarini ogohlantirdi: harbiylarni "qo‘rqitish" kerak emas -  bu "olov bilan o‘yin". "Davlat OAV jurnalistlariga, ularning oilalariga tegmanglar, xudo ko‘rsatmasin, ular bilan bir narsa bo‘lsa, to‘liq javob berasizlar".

Belarus IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenkoni qo‘llab-quvvatlash mitingida 65 ming kishi ishtirok etdi.

Poytaxtning boshqa joyida – G‘oliblar shoh ko‘chasida aholi norozilik namoyishiga yig‘ilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0