Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

© Sputnik / Igor Nosov / Mediabankka o‘tishSeysmograf, arxivnoe foto
Seysmograf, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda soat 02.58 da 4,6 balli zilzila sodir bo‘ldi, zilzila kuchi O‘zbekistonning uchta viloyatida ham sezildi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Toshkent vaqti bilan 02.58 da  Qirg‘izistonda 4,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 39,89 gradus shimoliy kenglik; 73,66 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km.

Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 405 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Namangan: 208 km, 2 ball; Andijon: 149 km, 3 ball; Farg‘ona: 169 km, 3 ball.

Yangiliklar lentasi
0