Nazarboyevning nevarasi ukasi xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli video tayyorladi

© SputnikPrezident Kazaxstana Nursultan Abishevich Nazarbayev so svoimi vnukami, 1993 god
Prezident Kazaxstana Nursultan Abishevich Nazarbayev so svoimi vnukami, 1993 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dariga Nazarboyevaning to‘ng‘ich o‘g‘li Nurali Aliyev ukasi Oysulton Nazarboyev xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi.

TOShKENT, 17 avg — Sputnik.  Dariga Nazarboyevaning to‘ng‘ich o‘g‘li Nurali Aliyev ukasi Oysulton Nazarboyev xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli videoni Facebook'dagi sahifasiga joylashtirdi.

Sputnik Qozog‘iston yozishicha, videoda oilaviy arxivdan suratlar aks etgan.

Nurali Aliyev video ostida, ingliz tilida:

“Mening qadrdon ukam, hozir nimani his qilayotganimni tushuntirish uchun so‘z topa olmayapman. Senga aytmoqchi bo‘lgan ko‘p narsalar aytilmasdan qoldi. Sen mening xotiramda abadiy qolasan, men seni doim yaxshi ko‘raman”, - deb yozgan.

Videoga mashhur The Weeknd "Final Lullaby" qo‘shig‘i qo‘yilgan.

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko Nursultan Nazarbayev s vnukami v krugu semi, arxivnoe foto
Nazarboyevning nevarasi ukasi xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli video tayyorladi - Sputnik O‘zbekiston
Nursultan Nazarbayev s vnukami v krugu semi, arxivnoe foto

Kuni kecha Londonda Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev vafot etgani haqida xabar berildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unning yuragi to‘xtagan. Oysulton 30 yoshda edi.

Yangiliklar lentasi
0