Jismoniy shaxslar sotib olgan valyuta hajmi keskin oshdi - MB

Obuna bo‘lish
Ushbu yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi tomonidan valyuta sotish 50%ga sotib olish esa 3 baravarga oshgan.

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari hajmi keskin oshdi. Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2020-yilning anvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 % yoki 842 mln. dollarga oshdi. 

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - $686 mln.)

Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan grafikdan ma’lum bo‘lishicha, valyuta operatsiyalari hajmi keskin kamayishi faqat aprel oyida kuzatilgan. Bu o‘sha vaqtda amal qilgan keskin karantin choralari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

© SBValyutnie operatsii chastnix lis
Jismoniy shaxslar sotib olgan valyuta hajmi keskin oshdi - MB - Sputnik O‘zbekiston
Valyutnie operatsii chastnix lis
Yangiliklar lentasi
0