Ekspertlar olmaning kutilmagan zararini aytishdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishYabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke
Yabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir kunda bir necha ovqatlanish davomida 2tadan 4tagacha olma iste’mol qilish tavsiya etiladi. Mutaxassislar 80-90 gramm og‘irlikdagi bitta o‘rtacha olmani qalinligi bir santimetrga teng bir bo‘lak nonga tenglashtiradi.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Bir kunda bir necha ovqatlanish davomida ikkitadan to‘rttagacha olma iste’mol qilish tavsiya etiladi, ammo diabetga chalingan odamlar ushbu meva iste’molini cheklashlari kerak. Bu haqda 19-avgust kuni o‘tkaziladigan “Yablochniy spas” bayramidan oldin RIA Novosti o‘tkazgan intervyularda diyetologlar va endokrinologlar gapirib berdilar.

"Olmaning eng katta afzalligi shundaki, bu meva tarkibida temirning rekord darajada ko‘pligidir. Temir qonni hosil qilish, kislorodni tashiydigan, tanamiz a’zolari va to‘qimalarni oziqlantirib turadigan, qonimizning qizil qismi bo‘lgan eritrotsitlarni kerakli miqdorda saqlab turish uchun zarurdir. Shuning uchun bu kislorod ochligini, gipoksiyani oldini oladi, bu esa o‘pka va yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan insonlar uchun juda muhimdir", - deydi endokrinolog, tibbiyot fanlari nomzodi Zalina Gusova.

Olma po‘sti juda foydali, chunki uning tarkibida yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega fitokimoviy moddalar mavjud. Shuningdek uning tarkibida pektin bor, u hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, olma tarkibidagi mikroelementlar va vitaminlar terini, tirnoqlarni va sochlarni yaxshi holatda saqlashga yordam beradi.

"Ushbu mevaning urug‘larida ko‘p miqdorda yod mavjud. Ammo ularda sinil kislotasi ham bor. Hisoblanishicha, kuniga uchta-to‘rttadan ortiq urug‘ni iste’mol qilib bo‘lmaydi", - deydi Gusova.

Mutaxassislar 80-90 gramm og‘irlikdagi bitta o‘rtacha olmani qalinligi bir santimetrga teng bir bo‘lak nonga tenglashtiradilar, deya qo‘shimcha qiladi mutaxassis. Uning so‘zlariga ko‘ra, olma tarkibida fruktoza ko‘pligi tufayli u anchagina kaloriyali mahsulotlir, shuning uchun ularni ortiqcha iste’mol qilish semirish va diabet bilan kasallangan odamlar uchun nomaqbuldir.

Sirdarinskaya oblast proslavilas sortami din kak Torpeda i Obi-navvat - Sputnik O‘zbekiston
Kimlarga qovun yeyish mumkin emas?

Shuningdek, meva sharbatlaridan ham saqlanish kerak, deb ogohlantiradi nutritsiolog va diyetolog Aleksey Kalinchev, chunki ularning glikemik indeksi yuqori – bu uglevodlarning qondagi shakar darajasining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan nisbiy ko‘rsatkich. Surunkali gastrit bilan kasallangan odamlar uchun, mutaxassis kletchatkasi buzilib bo‘lgan dimlangan olmani iste’mol qilishni tavsiya etdi, va shu bilan birga u butun mevani iste’mol qilishni yoqtirmaydiganlarga olmani pure ko‘rinishida iste’mol qilishni tavsiya qildi.

"E’tibor bering, olmaga allergiya mutlaq hususiyatga ega emas. Ko‘pincha shunday navlari borki, ularni mutlaqo hotirjam, har hil oqibatlardan qo‘rqmay iste’mol qilishingiz mumkin. Nordon olma surunkali gastritning kuchayishi ko‘rinishidagi xavfli asoratlarni qoldirishi mumkin. Shuningdek ular tarkibidagi kislotalar tufayli tish emali ham buziladi. Umuman olganda, odatda, bir kunda ikkita-to‘rtta olmani bir necha bor ovqatlanish jarayonida yeyish tavsiya etiladi. Faqatgina och qoringa emas, ovqatdan keyin!" - maslahat beradi Kalinchev.

 

Yangiliklar lentasi
0