Dunyoda

Lukashenko hokimiyatni saqlab qolish uchun keskin harakat qiladi - Koshkin

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiy siyosatshunos, Rossiya iqtisodiyot universiteti siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri Andrey Koshkin Belarusdagi vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Sputnik Litva radiosi efirida u Latviya, Litva, Polsha va Ukraina asta-sekin Belarusga nisbatan oʻz tashqi siyosiy xatti-harakatlarning trayektoriyasini belgilab olishganini maʼlum qildi.

"Koʻrinib turiptiki, bu davlatlar muxolifatni qoʻllab-quvvatlagan holda, oʻzlari aytmish "Lukashenko rejimi"ga qarshi birlashdilar. Vaziyat aslida juda jiddiy, ammo ekspertlar va siyosiy rahbarlar Belarusdagi muxolifat elementlarini yuqorida aytib oʻtilgan mamlakatlarning tegishli siyosiy kuchlari nazorat, signal berib himoya qilishayotganini aytishmoqda. Bunday qarama-qarshilikda, tabiiyki, Lukashenko hokimiyatni saqlab qolish uchun ancha keskin baxolar berib, harakatlarni amalga oshiradi", - dedi Koshkin.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya hukumati Belarusning ichki ishlariga aralashish rejalari ritorika va tayyorgarlik koʻrish darajasida qolib ketishiga umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala