“Prometey”dan rekord: S-500 zenit raketasi 550 km masofadagi nishonni yakson qiladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPusk raketi po vozdushnim selyam
Pusk raketi po vozdushnim selyam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi “Prometey” S-500 zenit raketa tizimini paydo bo‘lishi Rossiyaga qarshi misli ko‘rilmagan tashqi tahdidlar bilan bog‘liq.

O‘tgan hafta Rossiya havo mudofaasi tizimlari RF chegaralari yaqinida razvedka ishlarini olib borgan 46 ta xorijiy samolyot va pilotsiz uchish apparatlarini aniqlab,  kuzatdi. Bu haqda “Krasnaya zvezda” gazetasi RF Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda xabar qildi.

Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
S-500 kosmosda gipertovushli qurollarni yakson qilishi mumkin - Rossiya Havo-kosmik kuchlari

Mamlakat havo hududini buzilishiga yo‘l qo‘yilmadi, biroq bunday “mehmonlar” soni doimiy ravishda ortib bormoqda. Shunday qilib, Pentagon  “oldindan aytib bo‘lmaydigan zarba" strategiyasi, taktikasi va texnologik algoritmlarini ishlab chiqmoqda.

Rossiya tajovuzkorning uchar apparatlarini nazorat qilish va yo‘q qilish samarali vositalarini yaratishga majbur.

S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimining sinovlari yakunlanmoqda, shu vaqt ichida raketa rekord daraja 553 km masofadagi  nishonni yakson qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tizimni qo‘shinlarga yetkazib berish 2020-yilda boshlanishini va’da berdi. Ya’ni, yaqin orada S-500 havo hujumidan mudofaa tizimi jangovar navbatchilikka qo‘yiladi.

Bundan avval Havo-kosmik kuchlar bosh qo‘mondoni Sergey Surovikin ta’kidlashicha: "S-500 havo mudofaasi tizimiga kiritilgan xarakteristikalar aerodinamik va ballistik nishonlardan tashqari, barcha modifikatsiyadagi gipertovushli, shu jumladan yaqin kosmosda qurollarni yakson qila oladi".

“Almaz-Antey” konserni bosh konstruktori Pavel Sozinov “Prometey”ning Yerdan yuzlab kilometr masofadagi nishonga olish qobiliyati haqida aytgandi.

Kompleks PVO - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylariga birinchi S-500 raketa tizimlari taqdim etiladi

S-500 “Prometey” uzoq masofali HMT yangi avlod  “yer-havo” tizimlariga tegishli bo‘lib, barcha havo nishonlarini - ballistik, aerodinamik, gipertovushli - bugungi va kelajakda erishiladigan tezlikda yakson qilishga qodir.

Agar kerak bo‘lsa, "Prometey" "4 soniya ichida” F-35ni urib tushirishi, Yer orbitasida raqibning sun’iy yo‘ldosh guruhlarini mayda zarrachalarga sochib yuborishi mumkin. Dunyoda samaradorlik jihatidan S-500 ning analoglari yo‘q va keyingi o‘n yillikda bo‘lmaydi.

Dengiz mudofaasi

“Prometey" tizimi “Triumf "(S-400) ga yordamiga keladi va Rossiya Federatsiyasining havo va raketalarga qarshi mudofaasining yagona tizimining asosiga aylanadi. Bu RF chegaralaridan 600 km masofada bo‘lgan potensial raqibning ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan razvedka va hujum samolyotlari nishonda bo‘lishini anglatadi.

Shunchaki faraz qilsak, Qora dengiz yo‘nalishida Qrimdan S-500 tizimlari tajovuzkorning qiruvchi va strategik bombardimonchilarini Buxarest, Anqara yoki Kiyev osmonida o‘qqa tutishi mumkin (bu barcha holatlarda nishongacha masofa 550 km dan kam).

Ehtimol, “Prometey” RLTning nurlantirishi Qora dengizdan uzoq masofada "sheriklar"ning razvedka va zarba berish samolyotlarining hududda deyarli har kunlik faolligini kamaytiradi va Ruminiyadagi Pentagonning yangi bazalarini deyarli foydasiz qiladi.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada Rossiyaning S-500 tizimi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi

Boltiqbo‘yi mintaqasida harbiy mojarolar yuzaga kelsa, Rossiya Boltiqbo‘yi bo‘ylab parvoz qilinmaydigan zonani tashkil etishning mavjud texnologik imkoniyatlarini albatta kuchaytiradi.

Kaliningrad viloyatida joylashtirilgan "Prometey" butun Polsha, Germaniyaning bir qismi (shu jumladan Berlin), Daniya (Kopengagen), Chexiya va Slovakiya ustidagi havo hududini ishonchli nazorat qilishi mumkin.

 Shunday qilib, S-500 tezda Amerika qo‘shinlarining Polsha hududiga joylashishini, umuman Vashington va Varshava o‘rtasidagi keng harbiy sheriklikni foydasiz qiladi. Boshqa tomondan, Rossiyaning yangi havo mudofaasi tizimi ittifoqdosh Belarusning havo hududini yanada ishonchli tarzda himoya qiladi.

“Prometey” sinovdan o‘tkazish jarayonini Amerikaning The National Interest jurnali tashvish bilan kuzatmoqda va “Bu yangi avlod quroli Moskvada kuchli bo‘lgan S-400 tizimini to‘ldirishga mo‘ljallangan” deb yozmoqda. S-500 misli ko‘rilmagan qobiliyatga ega bo‘lib, yuqori balandlikdagi nishonlarni yakson qilish va “stels” texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan samolyotlarga qarshi kurashish imkoniyatiga ega.

Transportno-zarajayushaya mashina kompleksa Iskander-K s krilatimi raketami R-500 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari yangi S-500 zenit-raketa tizimi bilan ta’minlanadi

600 kilometrlik chiziq bir vaqtning o‘zida har bir kompleks tomonidan 10 ta nishonni yo‘q qilishi ("Prometey" ancha uzoqni ko‘ra oladi) - darhaqiqat, bu Pentagon uchun yoqimsiz "kashfiyot".

Albatta, Rossiyaning eng so‘nggi tizimi AQSh HHK va uning ittifoqchilarining Boltiq va Qora dengizlarda (AQSh hududidan minglab kilometr uzoqlikda) erkinlik darajasini kamaytiradi.

Kaliningrad viloyatidan S-500 havo mudofaa tizimlari jangovar vaziyatda F-35ning qanotli va “ko‘rinmas” raketalarini uzoq masofalarda - Shimoliy va Boltiq dengizlarini bog‘laydigan Skagerrak bo‘g‘ozi hududida (u yerda AQSh va NATOning zarba aviatsiyasining an’anaviy "Britaniya" yo‘nalishi o‘tadi) yakson qilishi mumkin.

Ammo, agar "qizil chiziq"dan o‘tilmasa, Qrim, Kaliningrad va Leningrad viloyatlariga, Rossiyaning boshqa mintaqalariga raketa-bomba zarbalari berishni mashq qilinmasa, Sharqiy Yevropaning tinch mintaqalarida kunlik "osilib turilmasa", unda Amerika harbiy uchuvchilari tashvishlanadigan hech narsa yo‘q.
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Putinga birgalikda S-500 ishlab chiqarishni taklif etdi

"Prometey" faqat himoya, tashqi tajovuz vaqtida quruqlikdagi qo‘shin  va HDF kuchlarining tezkor joylashishini ta’minlash, "tinchlikka majbur qilish" uchun yaratilgan.

Kosmik balandliklar

Harbiy strategiya va mojarolar texnologik jihatdan murakkablashmoqda, ko‘plab razvedka va navigatsiya tizimlari Yer orbitasiga olib chiqilmoqda.

Yaqin vaqtdan beri AQSh Kosmik kuchlari "do‘st bo‘lmagan davlatlar"ning sun’iy yo‘ldoshlarini "zararsizlantirish", shuningdek, hujum operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha missiyalarni rejalashtirmoqda.

Pentagon kosmosdagi operatsiyalarni harbiy harakatlarning alohida soha sifatida ko‘rib chiqmoqda, shuning uchun ertami-kechmi orbitada zarba qurollarini (kinetik, lazer, elektromagnit) joylashtiradi. Amerika Qo‘shma Shtatlari uzoq vaqtdan beri kosmik hujum qurollarini ishlab chiqmoqda va ularni Rossiya Federatsiyasiga qarshi ishlatishi mumkin.

Raketniy kompleks Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

Rossiyaga “gollivushcha” "Yulduzli urushlar"da ishtirok etishiga mutlaqo hojat yo‘q. "Prometey" yer tarmog‘i har qanday "yulduzlararo flot"ga qaraganda eng maqbul va samaraliroq ko‘rinadi va orbital tahdidlarni tezda bartaraf etadi.

Yana bir bor eslataman, bosh konstruktor Pavel Sozinov S-500-ning Yerdan yuzlab kilometrlardagi nishonlarni yakson qilishga qodirligini aytgandi. “Prometey” tizimi havo-kosmik hujumlarning mavjud bo‘lgan va hali ixtiro qilinmagan vositalariga qarshi kurashish uchun yaratilgan.

S-500 texnologiyalari harbiy sohada yangi imkoniyatlarni ochadi, yaqin kosmos va global geosiyosatga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, Rossiyada va postsovet hududida hech kim integratsiyalashgan, mavjud havo hujumidan mudofaa tizimidan voz kechmaydi (shu jumladan KXShT va MDHning analog tizimlari).  S-500, S-400 va S-300 tizimlari Rossiya havo hududini turli tahdidlardan samarali himoya qiladi.

Oxirgi narsa. Imkoniyatlari jihatidan S-500 S-400 ning ishlash xususiyatlaridan ancha ustun, bu yerda amerikalik analogi - Patriot Advanced Capability-3 haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shu bilan birga, Misrning Sasapost nashriga yozishicha, Rossiyaning yangi tizimining narxi 500 million dollar bo‘lishi mumkin, Patriot esa 1 milliard dollar, THAAD esa 3 milliard dollarga sotilmoqda. "Prometey" xalqaro qurol bozorining orbitalarida ham muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0