Siyosat

Rossiyaga qochib ketadimi? Podmoskovyedagi "Lukashenkoning shohona qasri" qizgʻin muhokamada

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Belorussii A. Lukashenko
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Belorussii A. Lukashenko  - Sputnik Oʻzbekiston
AVlarda berilgan xabarlarga koʻra, uyda 14ta yotoqxona, sauna, bilyard, va kamin zali mavjud. Qarorgohning dastlabki bahosi 267 million rublga baholangan va goʻyoki ayni vaqtda u sotuvga qoʻyilgan.

TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Podmoskovyeda shohona qasrga egaligi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda "Moskva 24" telekanali.

Miting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lukashenko oʻz tarafdorlari oldida nutq soʻzladi - asosiy fikrlar

Qator internet foydalanuvchilari Belarusning amaldagi yetakchisi protestlar fonida respublikani tark etib, Rossiyadan boshpana soʻrashi mumkinligi haqida fikr bildirganlar. Shuningdek, xabarda aytilishicha, Lukashenko hattoki Moskva viloyatida oʻz shohona turargohiga ham ega. OAV taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, Belarus yetakchisi bu maʼlumotlarni inkor etgan.

Telekanalga qoʻriqlash xizmati vakili bergan xabarga koʻra, uy Belarus elchixonasiga tegishli va unga vaqti-vaqti bilan chet el raqamlariga ega boʻlgan avtomobillar kelib turadi. U shuningdek, Aleksandr Lukashenkoni qarorgohda koʻrmaganligini qoʻshimcha qilgan.

Rasmiy turargoh "NaftAn" neft kompaniyasiga tegishli boʻlib, u pansionat vazifasini oʻtaydi. OAVlarda berilgan xabarlarga koʻra, uyda 14ta yotoqxona, sauna, bilyard, va kamin zali mavjud. Qarorgohning dastlabki bahosi 267 million rublga baholangan va goʻyoki ayni vaqtda u sotuvga qoʻyilgan.

Chak Norris - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Yigʻlataman": Chak Norris Lukashenkoga poʻpisali videomurojaat yozdi

Eslatib oʻtamiz, Belarusda 9 avgust kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovlaridan soʻng, amaldagi davlat rahbari - Aleksandr Lukashenko MSK maʼlumotiga koʻra, 80,1 % ovoz bilan gʻalaba qozongach, ish tashlashlar va protest aktsiyalari boshlangan edi. Uning raqibi, Svetlana Tixanovskaya, rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 10,1% bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Ayol shtabi ushbu raqamlarni tan olmagan va oppozitsiyadan boʻlgan nomzod 50%dan ortiq ovoz olgani haqida bayonot qilgan.

Yevropa Ittifoqi Lukashenkoni prezident sifatida tan olmayapti. Gʻarbning qator mamlakatlari Belarus hukumatini yangi saylovlar oʻtkazishga, shuningdek, kuch tuzilmalari tomonidan norozilik namoyishlarida ishtirok etayotgan kishilarga nisbatan zoʻravonlikni toʻxtatishga chaqirgan.

Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Lukashenko Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi

Aktsiyaning birinchi kuni kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi; natijalarga qarshi boʻlgan protest qatnashchilariga nisbatan, gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlar qoʻllanildi. Soʻngra huquq-tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch ishlatishni toʻxtatdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod kishi ushlangan. Respublika IIV maʼlumotlariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabr koʻrgan, ular orasida 120dan ortigʻi ichki ishlar xodimlaridir. Belarus Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, protest qatnashchilarining ikki nafari qurbon boʻlgan.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sal oldin protest aktsiyalariga nisbatan kuch metodlari ayrim manifestantlar tomonidan uyushtirilgan fitnalarga javoban qoʻllanilganini aytgan edi. 

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Aleksandr Lukashenko Belarus IIVning 300dan ortiq xodimini birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali "Bekamu-koʻst xizmat uchun" medallari bilan taqdirlagan. 25 sahifadan iborat prezident qarori 13 avgust kuni huquqiy axborot portalida eʼlon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala