Rossiyaga qochib ketadimi? Podmoskovyedagi "Lukashenkoning shohona qasri" qizg‘in muhokamada

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Belorussii A. Lukashenko
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Belorussii A. Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, uyda 14ta yotoqxona, sauna, bilyard, va kamin zali mavjud. Qarorgohning dastlabki bahosi 267 million rublga baholangan va go‘yoki ayni vaqtda u sotuvga qo‘yilgan.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Podmoskovyeda shohona qasrga egaligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Moskva 24" telekanali.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi - asosiy fikrlar

Qator internet foydalanuvchilari Belarusning amaldagi yetakchisi protestlar fonida respublikani tark etib, Rossiyadan boshpana so‘rashi mumkinligi haqida fikr bildirganlar. Shuningdek, xabarda aytilishicha, Lukashenko hattoki Moskva viloyatida o‘z shohona turargohiga ham ega. OAV taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Belarus yetakchisi bu ma’lumotlarni inkor etgan.

Telekanalga qo‘riqlash xizmati vakili bergan xabarga ko‘ra, uy Belarus elchixonasiga tegishli va unga vaqti-vaqti bilan chet el raqamlariga ega bo‘lgan avtomobillar kelib turadi. U shuningdek, Aleksandr Lukashenkoni qarorgohda ko‘rmaganligini qo‘shimcha qilgan.

Rasmiy turargoh "NaftAn" neft kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u pansionat vazifasini o‘taydi. OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, uyda 14ta yotoqxona, sauna, bilyard, va kamin zali mavjud. Qarorgohning dastlabki bahosi 267 million rublga baholangan va go‘yoki ayni vaqtda u sotuvga qo‘yilgan.

Chak Norris - Sputnik O‘zbekiston
"Yig‘lataman": Chak Norris Lukashenkoga po‘pisali videomurojaat yozdi

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan so‘ng, amaldagi davlat rahbari - Aleksandr Lukashenko MSK ma’lumotiga ko‘ra, 80,1 % ovoz bilan g‘alaba qozongach, ish tashlashlar va protest aksiyalari boshlangan edi. Uning raqibi, Svetlana Tixanovskaya, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,1% bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Ayol shtabi ushbu raqamlarni tan olmagan va oppozitsiyadan bo‘lgan nomzod 50%dan ortiq ovoz olgani haqida bayonot qilgan.

Yevropa Ittifoqi Lukashenkoni prezident sifatida tan olmayapti. G‘arbning qator mamlakatlari Belarus hukumatini yangi saylovlar o‘tkazishga, shuningdek, kuch tuzilmalari tomonidan norozilik namoyishlarida ishtirok etayotgan kishilarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirgan.

Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Lukashenko Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi

Aksiyaning birinchi kuni kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi; natijalarga qarshi bo‘lgan protest qatnashchilariga nisbatan, gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlar qo‘llanildi. So‘ngra huquq-tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch ishlatishni to‘xtatdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod kishi ushlangan. Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabr ko‘rgan, ular orasida 120dan ortig‘i ichki ishlar xodimlaridir. Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, protest qatnashchilarining ikki nafari qurbon bo‘lgan.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sal oldin protest aksiyalariga nisbatan kuch metodlari ayrim manifestantlar tomonidan uyushtirilgan fitnalarga javoban qo‘llanilganini aytgan edi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko Belarus IIVning 300dan ortiq xodimini birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali "Bekamu-ko‘st xizmat uchun" medallari bilan taqdirlagan. 25 sahifadan iborat prezident qarori 13-avgust kuni huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0