Jamiyat

Yangi bayram: Toshkentda 17 avgustni shahar kuni deb eʼlon qilish taklif etildi

Toshkent hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari shahar kuni nishonlash sanasini taklif qilishdi.

TOSHKENT, 18 avg — Sputnik.  Toshkent hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari shahar kuni nishonlash sanasi taklif qilishdi.

Prazdnichnыy kontsert v chest Dnya zaщitnikov Rodinы - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan bayram tantanalari – video

“90 yil oldin, 1930 yil 17 avgustda Oʻzbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga oʻtkazilgandi. Oʻzbekiston Sotsialistik Respublikasi Sovetlar markaziy ijroiya qoʻmitasining Qaroriga koʻra, poytaxt almashinishining sababi asosiy paxta yetishtirish va sanoat hududi – Fargʻona vodiysiga yaqinligini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvini optimillashtirish boʻlgan.

Poytaxt hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari 17 avgustga yaqin yakshanba kunini Shahar kuni deb hisoblashni va uni har yili keng nishonlashni taklif etadi.

Taklif etilayotgan sana qator sabablarga koʻra optimal va bayram tadbirlari oʻtkazilishi uchun qulay hisoblanadi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala