Kolumnistlar

Har tomonlama siquvga olindi. AQSH Huawei blokadasini kuchaytirmoqda

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishSmartfon Huawei Mate 20 Pro
Smartfon Huawei Mate 20 Pro - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Huawei'ga nisbatan bosimni sustlashtirmoqchi emas. Xitoy texnologik gigantiga qarshi sanktsiyalar kengaytirildi va kompaniyalarga AQShdan litsenziya olmasdan, u uchun amerikalik ishlab chiqaruvchilardan butlovchi qismlar sotib olish taqiqlandi.

AQSH va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushi xalqaro mehnat taqsimotini butunlay chalkashtirib yuborishi mumkin boʻlgan texnologik urushga aylanayotganga oʻxshaydi. AQShning Huawei'ga qarshi sanktsiyalaridan oldin, global mobil sanoat aniq tuzilmaga va kuchli aloqalarga ega edi. Yaʼni, Google Android'ni, Britaniyaning ARM kompaniyasi protsessor arxitekturasini rivojlantirgan, Huawei va boshqa ishlab chiqaruvchilar smartfonlar ishlab chiqargan va shu tariqa zanjir davom etgan.

Gosudarstvennыy sekretar SSHA Mayk Pompeo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pompeo Xitoyni Huawei orqali Britaniyaga bosim oʻtkazishda aybladi

Endi esa Xitoy kompaniyasi oʻzini Amerika sanktsiyalaridan himoya qilish uchun mustaqil ravishda loyihalashtirish va ishlab chiqarish bilan shugʻullanishga majbur boʻladi. Vashington Huawei'ga nisbatan nafaqat cheklovlarni kengaytirdi, balki xorijiy kompaniyalarga AQSH hukumatining maxsus litsenziyasiga ega boʻlmay Xitoyning telekommunikatsion giganti uchun AQShda ishlab chiqarilgan komponentlar va butlovchi qismlarini sotib olishni taqiqladi.

Yaʼni, xitoyliklarga maʼlum bir chiplarni yetkazib berishi uchun, taʼminotchilar AQShda litsenziyasi olishlari kerak. Davlat kotibi Mayk Pompeoning soʻzlariga koʻra, "Tramp maʼmuriyati Huawei aslida nima ekanligini - Xitoy Kommunistik partiyasining kuzatuv boʻlinmasi ekanligini koʻrgani uchun munosib harakat qilmoqda".

Davlat departamenti rahbari ushbu choralar AQSH milliy xavfsizligini, amerikaliklarning shaxsiy hayoti maxfiyligini va 5G tarmogʻining daxlsizligini Pekinning zararli taʼsiridan himoya qilishga qaratilganligini qoʻshimcha qildi. Avvalroq, xuddi shu Pompeo Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni xuddi shu maqtalgan milliy xavfsizlikni roʻkach qilib, Huawei xizmatlaridan voz kechishga koʻndirgan edi. Bungacha esa hammaga shartnomalar endi Xitoy kompaniyasining choʻntagida deb koʻringan edi. Keyin, bunga javoban Huawei Britaniya hukumatini ushbu qarorni qayta koʻrib chiqishga chaqirdi va London Vashingtonning bosimiga duch kelganini va bunda gap Buyuk Britaniyaning xavfsizligi haqida emas, balki AQShning savdo siyosati haqida ketayotgani taʼkidlandi, ammo London 5G ning ishga tushirilishini keyinga qoldirdi.

Bari gap shundaki, Huawei Amerika texnologiyalarisiz faoliyatini davom ettirishi mumkinmi? Axir, smartfonlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishning butun zanjiri qayta qurib chiqish  kerak boʻladi va bunga bir necha oydan koʻproq vaqt ketadi. Biroq, rossiyalik mutaxassislar bu vaziyatga ijobiy qarashmoqda. Ularning fikriga koʻra, Huawei'ning bardoshlilik darajasi juda katta.

Amerikaliklar xitoyliklarni oʻz komponentlarisiz qoldirishni oʻtgan yildan beriyoq qoʻrqitib kelishgan va hattoki oʻsha paytning oʻzidan kompaniya oʻz mobil operatsion tizimini yaratishga tayyorlana boshladi. Ehtimol, bu ishlar endi yakunlanish bosqichidadir. Xitoyliklar doim oldinga intilib, ehtimoliy oqibatlarni hisoblab chiqadilar.

Sotrudniki eskadrili setevыx operatsiy bazы VVS SSHA Leklend vo vremya ucheniy po otrajeniyu kiberatak - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
"Doktrina tajovuzkorlikdan iborat": AQSH harbiylari Yer orbitasini bosib olish niyatida

Bundan tashqari, Donald Tramp yana AQSH uchun foydali savdo bitimi tuzish uchun Pekin bilan muzokaralar sharoitida stavkalar bilan oʻynashga qaror qilgan boʻlishi ehtimoldan holi emas. Yoki bu Baydenning hiyla-nayranglaridir ehtimol.

Amerika OAVlari yozishicha, agar AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden, ehtimol, prezident saylovlarida gʻalaba qozonsa, smartfon ishlab chiqaruvchisining asosiy qutqaruvchisi boʻlib qolishi mumkin. AQShda qancha Xitoy fuqarolari yashayotganini tasavvur qiling hamda xitoy diasporasi qanchalik kattaligini va Trampning raqibi qancha ovoz toʻplashi mumkinligini.

Asosiysi gʻalaba qozonishdir, undan keyin kompaniyaga nisbatan siyosat oʻzgaradi – deb singdirishadi AQSH fuqarolariga. Va komponentlarni Amerikalik ishlab chiqaruvchilari va taʼmintchilari xam erkin nafas olishadi. Aytgancha, ular ham ovoz berish huquqiga ega. Imkoniyatlar mana shunday koʻp. Ammo oʻyin yutuqqa arziydi.

Muallif Olga Gavrilova, Sputnik radiosi

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala