O‘zbekistonda maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

© Sputnik / Evgeniy Epanchintcev / Mediabankka o‘tishShkolniki sdayut yediniy gosudarstvenniy ekzamen v Chite
Shkolniki sdayut yediniy gosudarstvenniy ekzamen v Chite - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni kunlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya meyorlari ishlab chiqilmoqda.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekistonda maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov bugun bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilgan.

Shkolniy bazar - Sputnik O‘zbekiston
XTV davlat maktablari qachon ish boshlashi haqidagi savolga javob berdi

Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya meyorlari ishlab chiqilmoqda.

"Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘z farzandlarimiz ta’lim olishadi. Bu masalada e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki farzandlarimizni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan o‘zgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar to‘sqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim", - deb aytgan Ikromov.

Mazkur meyorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo‘yiladi. Shundan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat berilishi aytilmoqda.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda va boshqa davlatlarda yangi o‘quv yili qanday boshlanadi?

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarga garchi o‘quv yiliga sanoqli kunlar qolayotgan bo‘lsada, o‘quv qurollarini xarid qilish uchun shoshilmaslik iltimosi bilan murojaat qilgan edi.

"Albatta o‘quv yili qachon boshlanishidan qat’iy nazar o‘quvchilar uchun o‘quv qurollari kerak bo‘ladi. Ota-onalarimizdan, bozor va do‘konlar ochilgani bilan, sanitariya qoidalari va ijtimoiy masofa saqlashlari, ayniqsa, farzandlari sog‘ligiga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Hozir hamma baravar bozorga borsa ijtimoiy masofa saqlash qiyin bo‘ladi, shuning uchun juda shoshilish, barcha xaridlarni maktabgacha amalga oshirish shart emas. O‘quv qurollari va kiyim-kechaklarni maktab boshlanganidan keyin ham olib berish mumkin, eng asosiysi o‘zingiz va farzandlaringizning salomatligini asrash!", - deyilgan edi murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0