Dunyoda

"Xaosni koʻrishni xohlamaymiz": Xitoy Belarusdagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Fotobankka oʻtishAktsiya protesta v Minske posle prezidentskix vыborov
Aktsiya protesta v Minske posle prezidentskix vыborov - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy Belarusdagi joriy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Xitoy TIV Belarus ishlariga tashqi kuchlarning aralashishiga qarshi ekanligini bildirdi.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Xitoy Belarus ishlariga tashqi kuchlarning aralashishiga qarshi, mamlakatlarni strategik sheriklik bogʻlab turibdi, deb bayonot berdi XXR TIV rasmiy vakili Chjao Litszyan.

"Xitoy va Belarusni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari bogʻlab turadi, biz bir-birimizga ishonamiz va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Belarus xalqi oʻz mamlakatidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda tanlagan rivojlanish yoʻlini, shuningdek, oʻz mustaqilligi, suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanishini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlarini hurmat qilamiz", - dedi u.

Chjao Litszyanning taʼkidlashicha, Xitoy Belarusdagi joriy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda.

"Yaxshi doʻst va hamkor sifatida biz Belarusda xaosni koʻrishni xohlamaymiz, biz tashqi kuchlar Belarus jamiyatida parchalanish va tartibsizliklarni keltirib chiqarishiga qarshimiz", - TIV vakili soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltiradi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, noroziliklarning dastlabki kunlarida 6,7 mingdan ortiq odam hibsga olindi. Respublika IIV xabar berishicha, tartibsizliklar paytida yuzlab odamlar jarohatlandi, ulardan 120 nafari huquq-tartibot xodimlari. Belarus SSVning maʼlumotlariga koʻra, 2 namoyishchi halok boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala