TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp samolyotdan chiqish vaqtida turmush oʻrtogʻining qoʻlini siltab tashladi.
Bu holat Bedminsterdan Vashingtonga qaytish vaqtida tasvirga olindi.
Samolyot trapidan tushayotganda Tramp Melanyaning bilagidan ushlashga harakat qiladi, lekin u qoʻlini oladi. Video ijtimoiy tarmoqda tezda tarqalib, virus-videoga aylandi.
Bu holat internetda muhokamaga sabab boʻldi. Ayrim foydalanuvchilar hazil tariqasida birinchi xonimni demokratik muxolifatning timsoli deb atashdi.
Bu holatga mashhur xonanda Rianna ham eʼtibor qaratdi. U Instagram'dagi sahifasida "soʻngan sevgi" haqidagi "Needed Me" qoʻshigʻi bilan lavhani joylashtirdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Melanya bundan oldin bir necha marta Donald Trampni noqulay ahvolga solgandi. Xususan, 2017 yilda AQSH prezidenti rafiqasi bilan Isroil va Italiyaga tashrif buyurgan vaqtda shunga oʻxshash holatlar yuz bergandi.