Jamiyat

Oʻzbekistonga xitoylik shifokorlarning navbatdagi guruhi keldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishGospital COVID-19 v TSITO im. N. N. Priorova
Gospital COVID-19 v TSITO im. N. N. Priorova - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoylik mutaxassislar respublika mintaqalaridagi turli tibbiy muassasalarga tashrif buyurib, oʻzbekistonlik shifokorlarni epidemiyaga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazadilar.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Xitoylik shifokor va mutaxassislarning navbatdagi guruhi birgalikda profilaktika, epidemiya ustidan nazorat, COVID-19ni davolash boʻyicha maʼlumotlar va tajriba almashish uchun Toshkentga yetib keldi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.

"Xitoylik mutaxassislar respublika mintaqalaridagi turli tibbiy muassasalarga tashrif buyurib, COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda oʻzbekistonlik shifokorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazadilar va kasallikning profilaktikasi, nazorati va davolash usullarini muhokama qiladilar", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ular yaqinda Toshkent shahrida ochilgan Oʻzbekiston-Xitoy anʼanaviy tibbiyot markazida boshqa kasalliklar bilan ogʻrigan fuqarolarga zamonaviy va anʼanaviy davolash usullaridan foydalangan holda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatadilar.

Eslatib oʻtamiz, may oyida Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Davlatlar yetakchilari chuqur mamnuniyat va minnatdorchilik bilan koronavirus infektsiyasiga qarshi olib borilayotgan kurashning eng ogʻir davrida koʻrsatilgan oʻzaro yordam va insonparvarlik yordamini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala