Harbiy dengiz floti "Shimoliy oqim-2"ni qurayotgan kemalarni o‘z himoyasiga oldi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishBazoviy tralshik BT-115 "Pavel Xenov" i storojevoy korabl proyekta 22350 (fregat) "Admiral flota Kasatonov"
Bazoviy tralshik BT-115 Pavel Xenov i storojevoy korabl proyekta 22350 (fregat) Admiral flota Kasatonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya quvur yotqizuvchi kemalariga harbiy dengiz floti hamrohligi xorijiy kemalar tomonidan dushmanlik harakatlarining oldini olishga imkon berdi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Rossiya Harbiy-dengiz floti (HDF) kemalari "Shimoliy oqim-2" qurilishiga jalb qilingan quvur yotqizuvchi kemalari o‘tishini ta’minlab, xorijiy flotlar tomonidan provokatsiyalarni oldini olishga imkon yaratdi, deb xabar berdi Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Mixail Popov RIA Novosti-ga.

RF HDF kemalari bu yil bahorida Vladivostokdan Kaliningradga o‘tgan “Akademik Cherskiy” quvur yotqizuvchisi va “Ostap Sheremet” hamda “Ivan Osipenko” ta’minot kemalariga hamrohlik qilgan. "Fortuna" quvur yotqizuvchi kemasi Germaniyaga iyul oyida yetib keldi.

"Rossiya quvur yotqizuvchilarining yurishi xavfsizligini Rossiya HDF kemalari ta’minladi, aynan ularning hamrohligi xorijiy flot kemalari tomonidan dushmanlik harakatlarining oldini olishga imkon berdi. Bu jarayon ularda katta qiziqish uyg‘otdi", - dedi Popov.

Hozirda "Akademik Cherskiy" quvur yotqizuvchi kemasi 8-may kuni yetib kelgan Germaniyaning Mukran portida turipti. Avval xabar qilinishicha, quvur yotqizuvchi Uzoq Sharqdagi Naxodka portidan Germaniyaga Afrika orqali uzoq yo‘ldan harakatlangan va butun safar deyarli uch oy davom etdi. Safar davomida u yetib borish manzilini ko‘p marotaba o‘zgartirdi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Yevropaning 24 ta davlati “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSh sanksiyalariga e’tiroz bildirdi

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya sohilidan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga yillik quvvati 55 milliard kubometr bo‘lgan gaz quvuri qurilishini ko‘zda tutadi. Uni hissadori yagona “Gazprom” bo‘lgan Nord Stream 2 AG amalga oshirmoqda. Yevropalik hamkorlar - Royal Dutch Shell, OMV, Engie, Uniper va Wintershall – umumiy hisobda loyihani 50 foizga, ya’ni har biri 950 million yevrogacha moliyalashtiradi.

Ushbu loyihaga o‘z suyultirilgan gazini Yevropada ilgari surayotgan AQSh faol qarshi chiqmoqda. Dekabr oyida AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarni kiritib, kompaniyalardan quvurni yotqizishni darhol to‘xtatishni talab qildi. Shveysariyaning Allseas kompaniyasi deyarli darhol ishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

Iyul oyida Davlat departamenti CAATSA (Amerikaning dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi xarakat qilish) qonuniga “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi”nining ikkinchi quvurini qo‘shgan holda, uning doirasida o‘z tavsiyalarni e’lon qildi. Bu Rossiyaning eksport quvurlari bilan bog‘liq investitsiyalar va boshqa faoliyatlarni AQSh sanksiyalari xavfi ostiga qo‘ydi. Bundan tashqari, iyul oyida AQSh vakillar palatasi va Senat loyihaga qarshi kengaytirilgan sanksiyalarni o‘z ichiga olgan 2021-yilgi mudofaa budjeti o‘z variantlarini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0