Ulkan anomaliya: Yer magnit maydonidagi "oʻyiq" tobora kengaymoqda - video

© Press-slujba Roskosmosa / Fotobankka oʻtishRoskosmos predstavil pervыe fotografii rekordnogo vыxoda v otkrыtыy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova
Roskosmos predstavil pervыe fotografii rekordnogo vыxoda v otkrыtыy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova - Sputnik Oʻzbekiston
Janubiy Amerika va janubi-gʻarbiy Afrika osmoni ustidagi gigant anomaliya tobora kengaymoqda, u barcha kosmik priborlarni ishdan chiqarishi mumkin

TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. Yer magnit maydonida yuz berayotgan gʻalati anomaliya, orbitadagi barcha kosmik apparatlarni ishdan chiqarishi mumkin, deb xabar qilmoqda NASA.

Sputnikovыe snimki tayaniya ldov na ostrove Orla (Eagle Island)v Antarktide. Na foto sleva 4 fevralya 2020, sprava - 13 fevralya 2020 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Antarktida erimoqda: NASA muzliklar suratlarini namoyish qildi

NASA mutaxassislari Janubiy Amerika va Afrika janubi-gʻarbiy qismida tobora kengayib borayotgan bu tushunarsiz holatni "oʻyiq" yoki "kosmosdagi oʻyiq joy", deya nomlashgan.

Janubiy-Atlantika anomaliyasining ushbu keng koʻlamli ayni holati olimlarni anchadan buyon qiziqtirib ham tashvishga solib kelmoqda.

Magnit maydoni oʻz kuchini pasaytirishi birinchi navbatda sayyora orbitasidagi sputnik va kosmik apparatlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Kosmik apparatlar anomal maydon "ichra" oʻtayotganida, toʻxtash yuz berishi va agar u Quyoshdan taralayotgan yuqori energiya taʼsirida qoladigan boʻlsa, oqibatda bortdagi texnikalar ishdan chiqishi mumkin.

NASA - Sputnik Oʻzbekiston
NASA: kamida uchta sayyora hayot kechirishga yaroqli

Shu bilan birga, anomaliya Yer yuzidagi hayotga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻtkazmaydi.

Yer magnit maydonining asosiy manbai - bu uning yadrosida, yer sathidan minglab kilometr pastda vagʻirlab qaynayotgan erigan temir okeanidir. Ushbu massaning harakatlanishidan elektr toki vujudga keladi va bundan oʻz navbatida yer magnit maydoni hosil boʻladi.

Koʻplab olimlar anomaliya va uning xususiyatini hali yaxshi tushunmaydilar, ammo yangi kashfiyotlar ushbu gʻalati holatga oydinlik kiritishga xizmat qilmoqda.

Misol uchun, NASA geliofizik mutaxassisi Eshli Grili tadqiqotlari "oʻyiq" sekin-asta shimoli-gʻarbiy yoʻnalish tomon koʻchib borayotganini koʻrsatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala