Qozog‘istonda o‘quvchilarga maktabga erkin tarzda kelishlariga ruxsat berildi

© Sputnik / Irina AdamovaDeti po doroge v shkolu
Deti po doroge v shkolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy epidemiologik holat tufayli yangi o‘quv yili masofaviy shaklda boshlanadi. Pedagogik kengash davomida o‘qituvchilarga ta’lim qoidalari, shuningdek navbatchi sinflarda sanitariya xavfsizligini ta’minlash choralari batafsil tushuntirilmoqda.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Qozog‘iston Ta’lim vazirligi xabar berishicha, ota-onalarning qaroriga ko‘ra o‘quvchilar maktabga erkin tarzda kelishlari mumkin. Bu haqda umumrespublika yagona pedagogik kengashida ma’lum bo‘ldi.

Prizemlenie samoleta kompanii Air Astana v aeroportu Almati - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston yetti mamlakat bilan muntazam parvozlarni tiklamoqda

Pedagogik kengash davomida o‘qituvchilarga ta’lim qoidalari, shuningdek navbatchi sinflarda sanitariya xavfsizligini ta’minlash choralari batafsil tushuntirilmoqda, deb xabar beradi Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, maktab formasiga qo‘yiladigan talablar bekor qilinmadi. Ammo vaqtincha o‘zgarishlar kiritildi - ota-onalar farzandini maktabga formada yoki boshqa qulay kiyimda yuborish to‘g‘risida qarorni o‘zlari qabul qilishlari mumkin.

O‘quvchilar va o‘qituvchilar harorati har kuni tekshiriladi. Agar u meyordan oshsa, o‘quvchi uyiga yuboriladi, o‘qituvchi esa ishdan chetlatiladi.

Ta’kidlash joizki, maktablarda mavjud kompyuterlar bir muncha vaqtga muhtoj oilalar farzandlariga topshiriladi. Shuningdek hukumat o‘quvchilarga berish uchun qo‘shimcha noutbuk va planshetlarni ham sotib olishni rejalashtirmoqda.

"Har bir mintaqa, ta’lim muassasasi, masofaviy ta’lim uchun internet platformani mustaqil ravishda tanlaydi. Ta’limning masofaviy formati doirasida, o‘qituvchilar va o‘quvchilar striming tizimlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi", - deb ma’lum qilishdi vazirlikda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili Qozog‘istonda masofaviy formatda boshlanadi. Ota-onalarning istaklariga qarab maktablarda 1-4 sinf o‘quvchilari uchun navbatchi sinflar tashkil etiladi. Bir sinfda 15 kishidan ortiq bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0