Bu ularning ichki ishi - Kreml Belarusdagi vaziyatga izoh berdi

© Pavel KazachkoMoskovskiy kreml
Moskovskiy kreml - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikriga ko‘ra, hozirgi vaziyatda asosiysi - Belarusga tashqaridan ta’sir qilishga yo‘l qo‘ymaslik.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin belarussiyalik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi, dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Biz Belarusda ro‘y berayotgan voqealarning barchasiga ushbu mamlakatning ichki ishlari sifatida qaraymiz", - dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus Rossiya uchun ittifoqchi davlat va qardosh mamlakatdir.

"Belarus - bizning ittifoqdosh mamlakat va qardosh davlatdir. Belarus xalqi ham bizga qardosh", - deya qo‘shimcha qildi u.

Premyer-ministr Belgii Sharl Mishel - Sputnik O‘zbekiston
O‘zlari hal qiladi: Yevropa Kengashi rahbari Belarus ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Peskovning fikriga ko‘ra, hozirgi vaziyatda asosiysi tashqaridan ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik.

"Biz vaziyat qonun doirasida qolishi tarafdorimiz. Beloruslar o‘z muammolarini o‘zlari ushbu huquqiy maydon va muloqot doirasida hal qilishlari kerak", - deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Belarusdagi saylovlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan edi.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Belarusdagi vaziyatga tashqi aralashuvdan xavotirda, Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining bayonotlari esa inson huquqlari va demokratiyani qo‘llab-quvvatlashga hech qanday aloqasi yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0