Chorvoq yo‘lida tirbandlik kamayadi - Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

© Voditeli TashkentaProbka po doroge v Charvak
Probka po doroge v Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatidagi tog‘li dam olish maskanlariga yetib borishni osonlashtirish uchun G‘azalkent shahrini aylanib o‘tuvchi yo‘l qurilmoqda.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Chorvoq va Amirsoyga olib boruvchi yo‘llarda tirbandlik kamayadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Davrukov. 

Buning uchun Hukumat tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi Hojikent sihatgohi yonidan o‘tgan yo‘lni kengaytirish, G‘azalkent shahrini aylanib o‘tib olib boruvchi yo‘l qurish ishlari tashkil qilinmoqda. Bunda yo‘lovchilarga G‘azalkent shahriga kirmasdan, shahardagi tirbandliklarga duch kelmasdan  o‘tib ketish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, sayyohlarning Chorvoq, Chimon va Amirsoy hududiga chiqib ketish yo‘lida hosil bo‘layotgan tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida G‘azalkent shahridagi ko‘prik ham zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib qayta ishga tushirildi. 

Eslatib o‘tamiz, har yili yoz oylarida minglab mashinalar Chimon va Chorvoq dam olish maskanlariga borish yo‘llarida tirbandlikka duch kelar va soatlab yo‘lda qolib ketish holatlari bo‘lar edi. 

Yangiliklar lentasi
0