Erkinjon Turdimov rossiyalik shifokorlar bilan uchrashdi

© Press-slujba xokimiyata SamarkandaErkinjon Turdimov vstretilsya s rossiyskimi medikami
Erkinjon Turdimov vstretilsya s rossiyskimi medikami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik shifokorlar Samarqandda tashkil qilingan Taqsimlash markazi faoliyatini yuqori baholashdi va koronavirusga qarshi kurashda o‘z maslahatlari bilan bo‘lishishdi.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘zbekistonlik shifokorlarga yordam berish uchun kelgan rossiyalik shifokorlar bilan uchrashdi. Mehmon shifokorlar viloyat xokimi bilan o‘z kuzatuvlari va taasurotlar hamda maslaxatlari bilan bo‘lishishdi.

Rabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik mutaxassislar COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

Rossiyalik shifokorlar Samarqandda koronavirusga qarshi kurash samarali tashkil qilinganini qayd etishdi. Ular xususan Taqsimlash markazi tashkil qilish – juda to‘g‘ri qaror bo‘lganini va yerdagi markazlashgan kislorod etishtirib berish tizimini aytib o‘tishdi. Shuningdek shifokorlar markazida dori—darmonlar va tibbiyot kiyimlari ham yetarli miqdorda borligini qayd etishdi.

Viloyat hokimining COVID-19ning 2-to‘lqini haqida bergan savoliga shifokorlar – ikkinchi to‘lqin uncha xavfli bo‘lmaydi deb javob qaytarishdi.

Xususan, 2-to‘lqin vaqtida kasallikni yuqtirmaganlar ham yuqtirib olishini, lekin u vaqtda shifokorlarda unga qarshi kurash uchun yetarli tajriba bo‘lishini ta’kidlashdi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, hozirgi kunda virusning aniq davosi yo‘q, har bir bemorga alohida e’tibor berish kerak. Masalan biz diabetga chalingan bemorlarni qanday davolash haqida maslahaot berdik.

Rossiyada vaksina tayyor bo‘lgan va sentabrda ommaviy emlash boshlanadi. Birinchi navbatda shifokorlar emlanadi. Rossiya bilan kelishuvga ko‘ra sentabrda Qozog‘istonda ham emlash boshlanadi. Balkim O‘zbekiston ham bu borada kelishuvga erishar, dedi rossiyalik shifokor.

Rossiyskie vrachi pribili v Uzbekistan dlya pomoshi kollegam v borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Kayfiyat – jangovar! Toshkentga bir guruh rossiyalik shifokorlar yetib keldi

Erkinjon Turdimov rossiyalik mutaxassislaklarga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz 16-avgust kuni Rossiyadan 38 nafar shifokor koronavirusga qarshi kurashda hamkasabalariga yordam berish uchun O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Bugungi kunda ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termez, Urganch va Jizzax shaharlari shifoxonalarida faoliyat yuritmoqda. Bir oy davomida rossiyalik mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasabalari bilan tajriba almashishadi.

Yangiliklar lentasi
0