Hodisalar

Fargʻonada 4,5 milliard kreditni oʻzlashtirib olgan talonchilar ushlandi

CC0 / pxhere / Rossiyskiye rubli v rukax u jenщinы
Rossiyskiye rubli v rukax u jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston
Fargʻonada jinoiy guruh bankning 4,5 milliard soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirib, daromadlarini legallashtirmoqchi boʻlganda qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Fargʻona shahrida, ikki kishidan iborat jinoiy guruh katta miqdordagi mablagʻlarni talon-taroj qilgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Tergov departamenti.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Kredit mablagʻlarini “yevorgan” bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Tekshiruvda maʼlum boʻlishicha "X" xususiy korxonasi rahbari N.I. bankdan ajratilgan 4,5 milliard kreditni fuqaro A.SH.ning plastik kartasiga oʻtkazib talon-taroj qilgan.

Xususan, mablagʻning 820 mln soʻmni uchinchi tomon kreditini qoplashga, qolganini esa - naqdlashtirib 47 dona turli rusumdagi yengil avtomashinalarni sotib olishga sarflangan. 

Ushbu ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. (Katta miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirish va talon-taroj qilish, Noqonuniy daromadlarni legallashtirish)

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala