Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Xorijlik talabalar karantindan oʻtganidan soʻng oʻqishni davom ettirishi mumkin

© SputnikUzbekskiye studentы dali boy favoritam na turnire po mini-futbolu
Uzbekskiye studentы dali boy favoritam na turnire po mini-futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada 1 sentyabrga qadar aviaparvozlar cheklovlari saqlanib qolsa, chet ellik talabalar masofadan turib oʻqishiga toʻgʻri keladi.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Rospotrebnadzor taʼlim muassasalarida COVID-19 tarqalishining oldini olish boʻyicha tavsiyalarni chop etdi. Yangi qoidalarga koʻra, chet ellik, shu jumladan oʻzbekistonlik talabalar ham, mamlakatga kelgach 14 kunlik karantindan oʻtgandan keyingina oʻqishiga qoʻyiladi.

"Talabalar - chet el fuqarolari 14 kunlik (RFga kelgan kunidan) oʻz-oʻzini yakkalashdan keyin, shu jumladan COVID-19ga PTSR-usulida 10-12 kunlik tekshiruvlar oʻtkazilgan holda, oʻquv jarayoniga kirishishiga ruxsat beriladi", -deb taʼkidlandi agentlikda.

Bundan tashqari, Taʼlim vazirligida qoʻshimcha qilishlaricha, chet elliklarga oʻqishga ruhsat berilishining ikkinchi sharti - chegaralarning ochiqligi.

Agar shu vaqtga qadar chegaralar hamon yopiq boʻlsa, unda cheklovlar olib tashlanguniga qadar talabalar uchun masofaviy oʻquv jarayoni tashkillashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya oʻquv muassasalarida oʻquv yili odatdagidek 1 sentyabrdan boshlanadi.

Masalan, Moskva davlat universitetida barcha chet elliklar oʻqishlarini onlayn rejimida boshlashi va chegaralar ochilgach kunduzgi taʼlimga oʻtishlari eʼlon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala