Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar "MISiS"dan boshlandi

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiVstupitelnie ekzameni v Tashkentskiy filial "MISiS"
Vstupitelnie ekzameni v Tashkentskiy filial MISiS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy texnologik tadkikotlar universiteti "MISiS" ning Olmalik shaxridagi filiali uchun 2020-2021 ukuv yilida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha belgilangan qabul kvotasi 250 tani tashkil etadi.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. 20 avgust kuni O‘zbekiston tajribasida ilk bor oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihonlarini ochiq sport maydonlarida o‘tkazish amaliyoti "MISiS"dan boshlandi.

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiVstupitelnie ekzameni v Tashkentskiy filial "MISiS"
Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar MISiSdan boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Vstupitelnie ekzameni v Tashkentskiy filial "MISiS"

Imtihonlar yozma tarzda "Matematika", "Fizika", "Informatika" hamda "Rus tili" fanlari bo‘yicha uch kun davomida Olmaliq shahri "Metallurg" sport majmuasining futbol maydonida o‘tkaziladi. Imtihon kunlari joriy yilning 20-22 avgust kunlari etib belgilangan.

Sport majmuasining umumiy maydoni 7 ga tashkil etadi, imtihon o‘tishi rejalashtirilgan maydonning parametrlari 70 m ga 90 m ni tashkil etadi. O‘yingohga kirish joylari 5 ta, bulardan ikkitasi imtihon payti qo‘llash maqsadga muvofiq. Majmuadda ikkita xojatxona mavjud. Shuningdek kirish yo‘llariga ikkita dezinfeksiya tuneli o‘rnatilish belgilangan.

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiVstupitelnie ekzameni v Tashkentskiy filial "MISiS"
Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar MISiSdan boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Vstupitelnie ekzameni v Tashkentskiy filial "MISiS"

Abituriyentlar bir kishidan, oraliq masofani 2 metr qilib joylashtirildi. Imtixonlarni yuqori saviyada o‘tqazilishi, karantin qoydalariga rioya etilishi, bevosita "OKMK" AJ hamkorligida, ishlab chiqilgan "Yo‘l haritasi" ga asosan tashkil etildi.

Milliy texnologik tadkikotlar universiteti "MISiS" ning Olmalik shaxridagi filiali uchun 2020-2021 ukuv yilida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha belgilangan qabul kvotasi 250 tani tashkil etadi.

Maxsus kameralar va barmoq izi: kirish imtihonlari qay tarzda nazorat qilinadi >>>

Filial tomonidan 2020-yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha masofaviy tarzda 1309 nafar abituriyentlardan xujjatlar qabul qilindi, jumladan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 790 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 519 nafarni tashkil etadi.

“MISiS”ning Olmaliq filialida "Metallurgiya (metall texnologiyasi)", "Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)" hamda "Konchilik" ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0