Toshkent va Sirdaryoda elektropoyezdlar qatnovi tiklandi

© Press-slujbaElektrichku Tashkent-Xadjikent otmenili
Elektrichku Tashkent-Xadjikent otmenili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida shaharlar atrofida qatnaydigan elektropoyezdlar harakatiga ruxsat berdi.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekistonda 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida «O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar qilmoqda.

22 avgustdan boshlab quyidagi elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi:

6440-sonli Hojikent—O‘zbekiston;
6442-sonli Hojikent—Toshkent;
6429-sonli Toshkent—Hojikent;
6430-sonli Hojikent—Toshkent;
6435-sonli Toshkent—Hojikent;
6436-sonli Hojikent—Toshkent;
6437-sonli Toshkent—Hojikent;
6441-sonli Toshkent—Hojikent;
6414-sonli Toshkent—Guliston;
6413-sonli Guliston—Toshkent;
6418-sonli Toshkent—Sirdaryo;
6407-sonli Sirdaryo—Toshkent.

Kompaniya vokzal hududida hamda vagon ichida yo‘lovchilar sanitariya-gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishi kerakligini eslatib o‘tdi.

Elektrichkalar harakati haqida qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan olish mumkin.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-avgustdan boshlab mamlakat hududlari o‘rtasidagi temir yo‘l qatnoviga ruxsat berilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0