Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Qirgʻiziston chet el fuqarolari uchun chegaralarini ochishga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom
Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, Sogʻliqni saqlash vazirligi fuqarolari Qirgʻizistonga kirishi mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatini tasdiqlaydi.

TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Chet el fuqarolarini qabul qilishni bosqichma-bosqich qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, ayrim toifadagi chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Qirgʻizistonga kirish hozirdan soddalashtirildi, deya xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Samolet Airbus-320. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy 50ta davlat bilan avia-parvozlarni tikladi

Joriy etilgan oʻzgarishlarga koʻra, Qirgʻizistonga quyidagi toifaga mansub fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kirishlari mumkin:

xorijiy davlatlar fuqarolari va Qirgʻiziston Respublikasi universitetlarida tahsil olayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (oʻqish joyidan maʼlumotnoma asosida);

Qirgʻiziston Respublikasida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;

Qirgʻiziston Respublikasi hududidagi tibbiy muassasalarga davolanish uchun yoʻl olgan xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (hujjat bilan tasdiqlangan holda);

Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston toifalarga ajratilgan avia-reyslar roʻyxatini tasdiqladi

yaqin qarindoshlarning dafn marosimiga boradigan xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (yaqin qarindoshlik aloqalari va oʻlim faktlari hujjatli ravishda tasdiqlanishi shart).

"Bundan tashqari, koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq oqibatlarni minimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida xorijiy davlatlar fuqarolarini oʻtkazishni bosqichma-bosqich tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi", deyiladi bayonotda.

Taʼkidlanishicha, epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga qarab, Sogʻliqni saqlash vazirligi har oyda ikki marta (birinchi va oʻn beshinchi sanalarda) qayta koʻrib chiqiladigan tegishli mamlakatlar roʻyxatini tasdiqlaydi.

Roʻyxatga kiritilgan chet elliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qirgʻiziston chegarasini kesib oʻtishlari mumkin, deya qoʻshimcha qilingan xabarda.

Qirgʻiziston hukumati COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yil mart oyida mamlakatga chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kirishiga cheklov oʻrnatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala