Belarusga aloqasi yo‘q: O‘zbekiston IIV mitinglar haqidagi qonun loyihasiga sharh berdi

© SputnikAksiya "Bessmertniy polk" v Tashkente na territorii kompleksa "Bratskie mogili"
Aksiya Bessmertniy polk v Tashkente na territorii kompleksa Bratskie mogili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV fuqarolarga mamlakatning amaldagi qonunchiligida yig‘ilish, miting va namoyishlar tushunchalari, ularni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligini eslatib o‘tgan

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 18-avgust kuni Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtirilgan "miting va namoyishlar to‘g‘risidagi" yangi qonun loyihasi va Belarusdagi tartibsizliklar o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi haqida bayonot berdi.

Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Belarusdagi noroziliklar G‘arb tomonidan tashkillashtirilgan - RF FK

Eslatib o‘tamiz, IIV tomonidan ushbu hujjat matni e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda Belarusda o‘tkazilayotgan ommaviy norozilik namoyishlari ushbu qonunni qabul qilish zaruratini tug‘dirgani haqida turli fikrlar bildirila boshlagan edi. O‘zbekiston IIV bu mazmundagi izohlarni "noo‘rin", deya qayd etib o‘tgan.

IIV fuqarolarga mamlakatning amaldagi qonunchiligida yig‘ilish, miting va namoyishlar tushunchalari, ularni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligini eslatib o‘tgan.

Vazirlik ta’kidiga ko‘ra, mazkur huquqiy bo‘shliq hanuzgacha, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33-moddasi (Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega)da ko‘rsatilgan qoidalarni  to‘liq ro‘yobga chiqarishga imkon bermasdan kelmoqda. 

Para na skutere pered OMONom vo vremya aksii protesta posle zakritiya izbiratelnix uchastkov na prezidentskix viborax v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Belarusda namoyishchilar va OMON o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi - video

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qoshidagi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosining 2019-yil 22-dekabrda O‘zbekistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari bo‘yicha yakuniy hisobotidagi ham kamchilik sifatida respublikada fuqarolarning ijtimoiy faolliklarini tartibga soluvchi birorta normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

"Shunga asosan, vazirlik tomonidan mazkur yo‘nalishdagi xalqaro (RF, AQSh, Germaniya, Fransiya, Estoniya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston Qirg‘iziston, Qozog‘iston) tajribani chuqur o‘rgangan holda yuqorida ko‘rsatilgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan", - deya aniqlik kiritgan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi. 

Ta’kidlanishicha, mazkur qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad, fuqarolarning o‘z ijtimoiy faolliklarini miting, yig‘ilish va namoyishlar ko‘rinishida amalga oshirishga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek ularning ushbu sohadagi huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0