Dehqonobod kaliy zavodi ekologiyaga zarari uchun 855 million so‘m to‘laydi

© Sputnik / Igor Katayev / Mediabankka o‘tishXimicheskie udobreniya
Ximicheskie udobreniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxona o‘z faoliyatini bundan 10-yil oldin boshlagan va ushbu davr mobaynida 30 dan ortiq mamlakatga 300 million dollarlik kaliy o‘g‘itini eksport qilgan.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Dehqonobod kaliy zavodi 2018—2020 yillarda atrof-muhitga keltirgan zarari uchun 855 million so‘m kompensatsiya to‘laydi, deb xabar qilmoqda Dehqonobod tuman hokimligi matbuot xizmati tuman ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i O‘ktam Jo‘lliyevga asosan.

Ushbu yilning 19—25-iyun kunlari o‘tkazilgan tekshiruvda zavod 2018-yilda 10 million 107 ming so‘m, 2019-yilda 6 million 962 ming so‘m, 2020-yilning o‘tgan davri uchun esa 2 million 698 ming so‘m kompensatsiya to‘lagani aniqlangan va qo‘shimcha kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklangan. 

“Endilikda jamiyat shu to‘lovlarga qo‘shimcha yana 855 million 500 ming so‘m kompensatsiya to‘laydi”, — deydi Jo‘lliyev.

Qo‘shimcha kompensatsiya qanday paydo bo‘lgani haqida xabarda izoh berilmagan. 

Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod kaly zavodi 2010-yil avgust oyida faoliyatini boshlagan. korxonaga o‘tgan davr mobaynida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy o‘g‘itini eksport qilgan.

Yangiliklar lentasi
0