Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyuradi - Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mart-iyul oylarida O‘zbekistonga Rossiya tomonidan koronavirusni diagnostika qilish uchun mingdan ortiq test tizimlari yetkazib berilgan.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Rospotrebnadzorning bir guruh mutaxassislari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning tashkiliy choralari bo‘yicha maslahat berish uchun yaqin orada O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar qildi.

“Rospotrebnadzorning bir guruh mutaxassislari o‘zbekistonlik hamkasabalarini epidemiyaga qarshi kurash choralarini tashkil qilish bo‘yicha maslahatlashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Biz ushbu tashrif yaqin orada amalga oshadi va birgalikda ko‘rilgan choralar O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatni sifat darajasida yaxshilashga xizmat qiladi degan umiddamiz”, - dedi Zaxarova brifingda.

Diplomat aytishiga qaraganda, mart-iyul oylarida O‘zbekistonga Rossiya tomonidan koronavirusni diagnostika qilish uchun mingdan ortiq test tizimlari yetkazib berilgan.

Zaxarova shuningdek, 16-avgust kuni O‘zbekistonga 38 nafar shifokorlar guruhi yuborilganini va Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan videokonferensiyalar o‘tkazilayotganini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0